Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Osiyo kubogi guruh bosqichidagi O‘zbekiston U23 termasi raqiblari va turnir taqvimi haqida

Osiyo kubogi guruh bosqichidagi O‘zbekiston U23 termasi raqiblari va turnir taqvimi haqida

Baho:
+ | -

23 yoshgacha bo‘lgan o‘yinchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi musobaqasi boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi.

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi “D” kvartetida Malayziya, Vyetnam va Kuvayt jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan. Guruh bosqichidagi o‘yinlar va o‘zbekistonliklarga raqiblik qiladigan ushbu jamoalarning U23 Osiyo kuboklaridagi ishtiroki haqida nimalar ma’lum?

Dastlabki o‘yin 17 aprel kuni Malayziyaga qarshi kechadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 18:00 da start oladi. Uchrashuvga 2022 yilgi jahon chempionatining naqd 8 ta o‘yinini o‘tkazgan “Khalifa International Stadium” arenasi mezbonlik qiladi.

Raqib haqida. Bu mazkur yosh toifasidagi Malayziya jamoasining uchinchi bor Osiyo kuboklarida ishtirok etadi. 2018 yilgi musobaqada jamoa chorak finalgacha yetib borib, o‘zlarining eng yaxshi natijasini ko‘rsatgan.

Ikkinchi o‘yin 20 aprel sanasida Kuvayt jamoasi bilan o‘tadi. Toshkent vaqti bilan 20:30 da boshlanadigan bahs “Al Janoub Stadium”da kechadi. Darvoqe, ushbu arena JCH-2022 dagi 7 ta o‘yinni qabul qilgan.

Bu Kuvayt U23 jamoasi uchun ham uchinchi Osiyo kubogi. Ular 2013 va 2022 yilgi musobaqalarni guruh bosqichidayoq yakunlashgan.

Guruhdagi so‘nggi o‘yin uchun O‘zbekiston jamoasi yana “Khalifa International Stadium”ga qaytadi. 23 aprel kuni asosiy raqib Vyetnam bilan katta ehtimol birinchi o‘rin masalasi hal etiladi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 20:30 da boshlanadi.

Vyetnam U23 jamoasi beshinchi bor Osiyo kuboklarida qatnashadi. Ularning eng yaxshi ko‘rsatkichi final hisoblanadi. 2018 yilgi turnirda Ravshan Haydarov boshchiligidagi o‘zbekistonliklar finalda aynan ushbu jamoa vakillarini mag‘lubiyatga uchratgan va vetnamliklar kumush medalga sazovor bo‘lgan.

O‘zbekiston uchun esa bu ushbu yosh toifasidagi oltinchi Osiyo Kubogi bo‘ladi. Jamoa 2018 yilgi musobaqa g‘olibi. Shuningdek, O‘zbekiston 2022 yilgi turnirda finalgacha yetib borgan.

Bugun, 13 aprel kuni O‘zbekiston U23 jamoasi Qatarda dastlabki mashg‘ulotlarni o‘tkazdi. Terma jamoa o‘z uchrashuvlarini jahon chempionati o‘yinlari bo‘lgan stadionlarda o‘tkazishi jamoa futbolchilari o‘z imkoniyatlarini ochib bera olishi, texnikasini namoyish qila olishi uchun yaxshi imkon bo‘ladi. 

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:05, 13.04.2024.
O'qildi: 8867 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.