Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kimmix "Arsenal" bilan bo‘lib o‘tadigan javob o‘yini to‘g‘risida fikr bildirdi

Kimmix "Arsenal" bilan bo‘lib o‘tadigan javob o‘yini to‘g‘risida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

"Bavariya" yarim himoyachisi Joshua Kimmix "Arsenal" bilan 16 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi 1/4 finali javob o‘yini haqida gapirdi.

"Birinchi o‘yinda "Arsenal" juda ustunlik qilganini va biz ko‘proq qarshi hujumlarga tayanganimizni ko‘rdik. Chorshanba kuni biz to‘liq 90 daqiqa davomida o‘yinni nazorat qilmaymiz. Lekin to‘pga ko‘proq egalik qilamiz va o‘yinga hal qiluvchi hissa qo‘shishga harakat qilamiz, deb umid qilaman. Joriy mavsumda yaxshi o‘yinlar o‘tkazdik, ularda qarshi hujumlardan foydalandik. Bizda himoyadan hujumga tez o‘tish uchun futbolchilar bor", - deya Kimmix so‘zlarini keltiradi Bild.

Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” Myunxendagi “Alyans Arena” stadionida “Arsenal”ga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 15:11, 14.04.2024.
O'qildi: 635 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.