Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Jeymi Karrager Erling Xolanddan yaxshiroq bo‘lgan uchta APL yulduzi borligini ta’kidladi

Jeymi Karrager Erling Xolanddan yaxshiroq bo‘lgan uchta APL yulduzi borligini ta’kidladi

Baho:
+ | -

23 yoshli Xoland joriy mavsumdagi o‘yinlari sababli ko‘p bor tanqidlarga duchor bo‘ldi. Bunga uning muhim o‘yinlardagi "yo‘qolib qolishi" sabab bo‘lmoqda. Garchand, hozirga qadar 30 ta gol urishga ulgurgan bo‘lishiga qaramay, Xoland maydonda jamoadoshlaridan ajralib qolmoqda. Oqibatda, bu mavsumda "shaharliklar" mamlakat chempionligini "Arsenal" yoki "Liverpul"ga berib qo‘yishga yaqin turibdi. Xoland mavsum davomida yuqoridagi jamoalarga qarshi hech narsa qila olmadi. Qolaversa, uni "Real"ga qarshi bahsda ham yo‘qotib qo‘ydik (3-3).

Norvegiya terma jamoasi a’zosining sport formasidagi pasayish o‘tgan mavsumdan keyin yaqqol sezilmoqda. Masalan, u trebl sohibi bo‘lgan mavsumida jami 52 ta golga mualliflik qilgandi. Mavsum yakunlanishiga bir oy qoldi. Xoland esa bu davr mobaynida 52 talik dovonga yetishi uchun naq yana 22 ta gol urishi kerak. Bu esa reallikdan sal uzoqroq farazdir.

Xoland haqida "Sky Sports" kanali mutaxassisi Jeymi Karrager fikr bildirib o‘tdi. Unga ko‘ra, bundan keyin Xoland faqatgina hujumda emas, balki maydonning barcha qismida jamoaga yordam berishni boshlashi kerak. Shunday qilmasa, Karragerga ko‘ra, Xoland hech qachon "Oltin to‘p"ga ega chiqa olmaydi. Shuningdek, hozirgi Xoland Luis Suares, Xarri Keyn va Tyerri Anri kabi APL afsonalari darajasiga yeta olmaydi. Karrager bu haqida The Telegraph nashriga bergan intervyusida, jumladan shunday deydi:

"Erling ajoyib to‘purar bo‘lishi mumkin. Ammo u hali ham jahon darajasidagi yulduz emas. Bu darajaga chiqish uchun sizga faqatgina gol urish yordam bera olmaydi. Masalan, Suares, Keyn va Anrilar ham jamoasi uchun ko‘p gol urgan. Ammo ular maydonning barcha qismida foydali harakatlar qila olardi. Xolandda bu xususiyatlar yo‘q yoki to‘liq shakllanib ulgurmagan. Buni biz "Real", "Arsenal" va "Liverpul"ga qarshi bahslarda guvohi bo‘ldik. Virjil van Dayk, Vilyam Saliba va Antonio Ryudigerlar maydonda Xolandga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Qarabsizki, hamma maqtagan "gol mashinasi" birdan "buzilib qoldi".

Shunday ekan, Xolandga maslahatim bor. Agar u faqatgina golli rekordlarni yangilamoqchi bo‘lsa, bu uchun unda hozir ham hamma narsa bor. Ammo, bordiyu, agar Xoland kelajakda "Oltin to‘p"ga da’vo qilmoqchi, "Real" libosini kiymoqchi va Kilian Mbappega haqiqiy raqobat taklif etmoqchi bo‘lsa, u holda, unga ko‘proq mehnat va o‘z ustida ishlash juda ham zarur".

 

 

 

ISMATOV J.

 
Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 17:38, 14.04.2024.
O'qildi: 3443 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик