"Bavariya" vingeri Kingsli Koman faoliyatida birinchi marta milliy chempionatda chempionlikdan mahrum bo‘ldi.
Kecha "Bayer" Bundesliganing 29-turida "Verder"ni mag‘lub etib (5:0) muddatidan avval Germaniya chempioniga aylandi. Myunxenliklar 16 ochko ortda qolib, turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi.
Bu mavsumda Koman o‘z ishtirok etayotgan chempionatda g‘alaba qozonish seriyasini to‘xtatdi. Qanot vingeri o‘zining oldingi 12 mavsumining har birida ichki ligada chempion bo‘lgan - "PSJ" bilan ikki marta Liga 1 g‘olibi, "Yuventus" bilan ikki marta A Seriya g‘olibi va "Bavariya" bilan sakkiz marta Bundesliga chempioni bo‘lgan.