Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

"Barsa" YECHL pley-offida oxirgi 8 yil ichida 7-marotaba yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi

"Barsa" YECHL pley-offida oxirgi 8 yil ichida 7-marotaba yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Barselona" Chempionlar ligasining chorak finalida "PSJ"ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi

Javob o‘yini 1:4 hisobida yakunlandi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra parijliklar turnirning yarim finaliga yo‘l olishdi.

Oxirgi 8 yil ichida kataloniyaliklar Chempionlar ligasi pley-off bosqichida 7-marta yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi.

2021 yilda “Barselona” 1/8 finalning ilk o‘yinida “PSJ”ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Undan bir yil avval kataloniyaliklar chorak finalda “Bavariya”ga 2:8 hisobida imkoniyatni boy bergandi. 2019 yilda “Barsa”ni “Enfild”da yarim final javob o‘yinida “Liverpul” mag‘lub etgan (0:4), 2018 yilda “blaugrana” 1/4 finalning javob o‘yinida “Roma”ga (0:3) mag‘lub bo‘lgandi.

2017 yilda "Barsa" Chempionlar ligasida ikki marta yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi: 1/8 finalning birinchi o‘yinida "PSJ" bilan 0:4 va chorak final birinchi uchrashuvida "Yuventus" bilan 0:3.

Kiritildi: 02:21, 17.04.2024.
O'qildi: 3066 marta.
Fikrlar: 37 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик