Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Everton" Kalvert-Lyuinni saqlab qolmoqchi

"Everton" Kalvert-Lyuinni saqlab qolmoqchi

Baho:
+ | -

Hujumchi Dominik Kalvert-Lyuin uzoq vaqtdan beri Angliya Premyer-ligasi klublari transfer ro‘yxatida bo‘lib keladi. Biroq, "Everton" bu futbolchini o‘z safida saqlab qolmoqchi.

Football Insider xabariga ko‘ra, mersisaydliklar klubi Kalvert-Lyuin bilan shartnomani uzaytirishdan manfaatdor. 27 yoshli Kalvert-Lyuinning hozirda shartnomasi 2025 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan.

Agar klub shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmasa, futbolchini bir yildan keyin tekinga yo‘qotmaslik uchun yozda sotish foydali bo‘ladi. 2023/2024 yilgi mavsumda Dominik Kalvert-Lyuin 33 ta o‘yinda 6 ta gol urdi va jamoadoshlari uchun ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 20:14, 17.04.2024.
O'qildi: 621 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.