Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

"Arsenal" 2015 yildan buyon "Bavariya"ni mag‘lub eta olmayapti

"Arsenal" 2015 yildan buyon "Bavariya"ni mag‘lub eta olmayapti

Baho:
+ | -

Germaniyaning “Bavariya” hamda Angliyaning “Arsenal” klublari o‘rtasidagi Chempionlar ligasi 1/4 finalining javob uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Jamoalar Myunxendagi (Germaniya) "Alyans-Arena"da o‘ynashdi. Uchrashuvni Danni Makkeli (Niderlandiya) boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib bordi. Uchrashuvda mezbonlar 1:0 (umumiy 3:2) hisobida zafar quchdi. Shu tariqa, London klubi 2015 yildan beri Myunxenni mag‘lub eta olmayotgan seriyasini davom ettirdi.

“Arsenal” so‘nggi bor 2015 yilning 20 noyabrida 2015/2016 yilgi Chempionlar Ligasi guruh bosqichida “Bavariya”ni mag‘lub etgandi. O‘shanda uchrashuv 2:0 hisobida yakunlandi. Gollarga Olivye Jiru va Mesut O‘zil mualliflik qilishgan.

9 aprel kuni bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasining 1/4 final bosqichining ilk uchrashuvida jamoalar 2:2 hisobida durang o‘ynashdi.

Kiritildi: 12:09, 18.04.2024.
O'qildi: 647 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик