Opta algoritmi "Real Madrid"ni bu mavsumda Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish uchun favorit sifatida ko‘rmoqda.
"Real Madrid"ning finalga chiqish imkoniyati 66,33% va 15-marta chempionlikni qo‘lga kiritish imkoniyati 39,31%.
Yarim finalda boshqa hech bir jamoaning imkoniyati bunchalik yuqori emas. Yangi kompyuter ballari chorak final o‘yinlaridan so‘ng hisoblandi.