Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 2-1 Lokomotiv
16/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Ispaniya va Portugaliya JCH-2030 mezbonligidan voz kechishi mumkin

Ispaniya va Portugaliya JCH-2030 mezbonligidan voz kechishi mumkin

Baho:
+1 | -

FIFA prezidenti Djanni Infantinoning Jahon chempionati va boshqa turnirlar huquqlarini xususiy investorlarga topshirish haqidagi taklifi jiddiy qarshiliklarga sabab bo‘ldi. UYEFA agar bu g‘oyadan voz kechilmasa, Yevropa terma jamoalari FIFA tomonidan o‘tkaziladigan barcha turnirlarni, xususan, Jahon chempionatini boykot qilishini allaqachon e’lon qildi.

El Español nashriga tayangan holda The Touchline tarqatgan xabarga ko‘ra, agar Djanni Infantino o‘z taklifini qaytarib olmasa, Ispaniya va Portugaliya 2030 yilgi Jahon chempionatini qabul qilishdan voz kechadi. Marokashning bu masaladagi pozisiyasi hozircha noma’lumligicha qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2030 yilgi Mundialni Ispaniya, Portugaliya va Marokash birgalikda qabul qilishi kerak edi. Bundan tashqari, turnirning 100 yillik yubileyi munosabati bilan ochilish o‘yinlari Urugvay, Paragvay va Argentinada o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 19:32, 31.07.2026.
O'qildi: 2004 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик