Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

YECHLga 5 ta jamoasi bilan boradigan mamlakatlar reytingi ma’lum bo‘ldi

YECHLga 5 ta jamoasi bilan boradigan mamlakatlar reytingi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+1 | -

Kelasi mavsumdan boshlab kuchli ikki liga uchun turnir jadvalida beshinchi o‘rinni olgan klublarga ham Chempionlar ligasiga yo‘llanma beriladi. Bu qaysi ligalarga nasib qiladi?

Italiya Chempionlar ligasida beshta o‘rin uchun asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Hatto oltita o‘rin uchun ham imkoniyat bor! Avvalroq UEFA Chempionlar ligasida bitta mamlakatdan ko‘pincha to‘rtta jamoa o‘ynar edi. Musobaqaning yangi formatiga ko‘ra eng yaxshi reytingga ega ikki davlatiga qo‘shimcha o‘rin beriladi.

Hozirda vaziyat shunday.

Ballar qanday hisoblanadi: ikki ochko g‘alaba uchun, bir ochko durang uchun. Agar o‘yin qo‘shimcha bo‘limga o‘tiladigan bo‘lsa, unda penaltilar seriyasining natijasi emas, 120 daqiqa yakunidagi natija hisobga olinadi. Har qanday yevrokubokning yarim finali va finaliga chiqish uchun bonus ball beriladi.

Italiya matematik jihatdan kuchli ikkilikdan joy oldi, shuning uchun keyingi Chempionlar ligasida A Seriyadan 5 ta klub kutamiz. Qolaversa, nazariy jihatdan oltita chipta bo‘lishi mumkin edi – agar “Roma” yoki “Atalanta” Yevropa Ligasida g‘alaba qozonib, A Seriyaning kuchli 4-o‘rinidan tashqaridan joy olsa, buning ehtimoli oshadi (hozir ular kuchli to‘rtlikdan tashqarida). Bunday holda, jadvalning eng yaxshi 4-o‘rni, Yevropa ligasi g‘olibi va bonusli jamoa Chempionlar ligasiga yo‘l oladi.

Xuddi shu narsa Chempionlar ligasida kurashni davom ettirib, g‘alaba qozonish orqali turnirga yo‘llanma olish imkoniyatiga ega bo‘lgan, "Borussiya D"ga ham, qolgan nemis klublariga ham tegishli.

Germaniya, ehtimol, ligalar bellashuvida ikkinchi o‘rinni egallaydi

Qolgan da’vogarlar qanday kurashadi?

Germaniya: "Bavariya", "Borussiya Dortmund" va "Bayer".
Angliya: "Aston Villa".
Fransiya: "PSJ" va "Marsel".
Ispaniya: "Real Madrid".

Ushbu haftada Angliya joriy mavsumda ilk bor kuchli 2 talikdan tushib ketdi - barchasi "Manchester Siti" va "Arsenal"ning YECHLni tark etgani tufaylidir.

Nemis klublari esa mukammal o‘yin ko‘rsatishdi. Beshinchi o‘rinni kafolatlash uchun ularga faqat qoldi:

Qolgan o‘yinlarda hammasi uchun ikkita g‘alaba;
barchasi uchun 3 ta durang
bitta g‘alaba + ikkita durang;
ikkita durang, kimningdir finalga chiqishi sharti bilan.

Hozir kim chempionatlarda beshinchi o‘rinda?
Italiya (turnir tugashiga 6 tur): "Inter", "Milan", "Yuventus", "Bolonya". "Roma" beshinchi o‘rinda, "Atalanta"dan +4 oldinda.

Germaniya (5): «Bayer», «Bavariya», «Shtutgart», «Leypsig». «Borussiya D» beshinchi o‘rinda.
Angliya (5-6): "Man Siti", "Arsenal", "Liverpul", "Aston Villa". Beshinchi o‘rinda "Tottenxem" joylashgan.
Ispaniya (7): "Real Madrid", "Barselona", "​​Jirona", "Atletiko Madrid". "Atletik" beshinchi o‘rinda, "Real Sosyedad"dan +7 ochko oldinda.

Fransiyadan (yana 5-6 tur) dastlabki uch o‘rin to‘g‘ridan-to‘g‘ri guruhga tushadi (hozirda "PSJ", "Brest" va "Monako"), qo‘shimcha ravishda yana bitta jamoa saralashdan o‘tadi ("Lill" to‘rtinchi). Fransuzlarda beshinchi o‘rinda: "Nissa", "Lans"dan +1 ochko oldinda.

Kiritildi: 15:35, 19.04.2024.
O'qildi: 2201 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.