Kirish Ro'yxatdan o'tish

Arteta: "Bu sog‘lom holat emas"

Arteta: "Bu sog‘lom holat emas"

Baho:
+ | -

Mikel Arteta Angliya kubogidagi takroriy o‘yinlarni bekor qilish qarorini qo‘llab-quvvatladi.

Avvalroq ma’lum bo‘lganidek, keyingi mavsumdan boshlab birinchi bosqichdanoq turnirdagi barcha takroriy o‘yinlar bekor qilinadi.

Kubokning joriy formati doirasida durang qayd etilgan taqdirda takroriy o‘yinlar 1-4-bosqichda ko‘zda tutilgandi.

"Biz buni alohida ko‘rib chiqa olmaymiz. Ammo keyingi bir necha mavsum uchun taqvimni hisobga olsak, biz futbolchilar sog‘ligi uchun o‘yinlarni olib tashlashimiz kerak. Menimcha, bu juda yaxshi imkoniyat.

Men barcha nuqtayi nazarlarni tushunaman. Futbolchilarimizni himoyalashimiz kerak. Men ularning so‘nggi ikki yilda qancha daqiqa va o‘yinlarni tanaffussiz o‘tkazganliklarini ko‘rib chiqdim va keyingi ikki yilda yana qancha o‘ynashlari kerakligini bilaman.

Bu, albatta, sog‘lom holat emas. Qayerdadir va qandaydir tarzda biz taqvimni qisqartirishimiz kerak edi", dedi Arteta.

Joriy mavsumda “Arsenal” Angliya kubogining 3-bosqichida “Liverpul”ga mag‘lub bo‘ldi.

Kiritildi: 19:24, 20.04.2024.
O'qildi: 1051 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик