Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

Husanov va Fayzullayev ertaga maydonga tushadimi? Kapadze javob berdi

Husanov va Fayzullayev ertaga maydonga tushadimi? Kapadze javob berdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiy Temur Kapadze Osiyo kubogi guruh bosqichi 3-turi doirasida bo‘lib o‘tadigan Vyetnamga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tayyorgarlik haqida
Ertangi o‘yin oldidan bugun oxirgi mashg‘ulotni o‘tkazdik. Eng asosiysi — barcha o‘yinchilar sog‘-salomat. Futbolchilar ertangi bahsga tayyor. Ertaga ham oson o‘yin bo‘lmaydi. Chunki Vyetnam ham yaxshi jamoa. Ishlar reja asosida davom etyapti. Ertaga ham kerakli natija uchun maydonga tushamiz.

Legionerlar haqida
Legioner futbolchilarimiz jamoa safiga yetib kelishganidan albatta xursandmiz. Ular jamoaga yanada kuch bag‘ishlashadi. Oldimizga qo‘yilgan maqsadga erishishda ular ham o‘z hissasini qo‘shadi, deb o‘ylayman. Eng asosiysi, ular Qatarga sog‘-salomat yetib kelishdi. Bugun to‘liq tarkib bilan mashg‘ulot o‘tkazdik. Asosiy o‘yinlarimiz ham oldinda. Yigitlarda kayfiyat yaxshi. Legionerlarimiz kelmaganida ham maqsadimiz o‘zgarmasdi. Ular bilan esa tarkibimiz yanada kuchayadi.

Rotasiya haqida
Abduqodirni ertaga maydonga tushirsam kerak. So‘nggi paytlarda unda o‘yin amaliyoti biroz kamaydi. Abbosni esa vaziyatga qarib ikkinchi bo‘limda maydonga tushirishim mumkin. Ular ertangi bahsda maydonga tushishsa, jamoaga tezroq kirishib ketishadi. Tarkibda rotasiya bo‘ladi. Har bir o‘yinda kuchga to‘la futbolchilar bilan ishtirok etishga intilamiz.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:29, 22.04.2024.
O'qildi: 9463 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.