Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jangdan bosh tortsa, 10 million funt jarimaga tortiladi

Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jangdan bosh tortsa, 10 million funt jarimaga tortiladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Super og‘ir vazn toifasida WBA Super, IBF, WBO va IBO kamarlari sohibi Oleksandr Usik va WBC chempioni Tayson Fyuri mutlaq jahon chempionligi may oyida bo‘lib o‘tadi.

Agarda Fyuri ushbu jangdan bosh tortsa, 10 million funt jarimaga tortiladi. Bu haqida Usikning menejeri Alesaksandr Krasyuk ma’lum qildi.

“Agar Tayson jangda ishtirok etmasa, 10 million funt jarima to‘laydi. Bu jang beshinchi marta bekor bo‘lmasligi uchun shartnomada belgilangan.

Fyuri sparringlarda dubulg‘a bilan ishtirok etyapti deb umid qilamiz. O‘tgan safargidek jarohat olmasin”, — deydi Krasyuk.

Usik va Fyuri o‘rtasidagi jang 17 fevral sanasida bo‘lib o‘tishi lozim edi. Biroq Tayson sparring vaqtida qoshidan olgan jarohat tufayli jang sanasi o‘zgargandi. Endi jang sanasi 18 mayga o‘zgartirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning 28 oktyabr kuni Tayson Fyuri va Frensis Ngannu Ar-Riyodda ringga ko‘tarilgandi. Yakunda Fyuri hakamlarning qaroriga ko‘ra (94-95, 96-93, 95-94) g‘alaba qozondi.

Oleksandr Usik so‘nggi jangini o‘tgan yilning avgust oyida Daniel Dyubuaga qarshi o‘tkazib, 9-raundda texnik nokaut evaziga g‘alaba qozongandi.

Manba: www.daryo.uz
Kiritildi: 18:03, 23.04.2024.
O'qildi: 682 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.