Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton
01/01 22:30 Kristal Pelas - Fulhem
01/01 22:30 Liverpul - Lids
02/01 01:00 Brentford - Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend - Manchester Siti

Braziliya terma jamoasining sobiq murabbiyiga hurmatsizlik ko‘rsatishdi

Braziliya terma jamoasining sobiq murabbiyiga hurmatsizlik ko‘rsatishdi

Baho:
+ | -

"Palmeyras" bilan o‘yindan keyin Titega tupurishdi.

Braziliya chempionati doirasida “Palmeyras” o‘z maydonida “Flamengo”ni qabul qildi (0:0). O‘yindan so‘ng muxlislardan biri mehmonlar bosh murabbiyi Titega tupurdi. Braziliya terma jamoasining sobiq murabbiyi matbuot anjumanida bundan nolidi.

Ertasi kuni “Palmeyras” sport direktori Anderson Barros “Flamengo” bilan bog‘lanib, voqea uchun uzr so‘radi.

San-Paulu klubi raqib murabbiyini qo‘llab-quvvatladi va muxlisning xatti-harakatlarini qoraladi.

"Palmeyras" direktori Anderson Barros dushanba kuni ertalab "Flamengo" direktori Bruno Shpindelga qo‘ng‘iroq qilib, "Allianz Park"dagi o‘yin vaqtida murabbiy Tite bilan yuz bergan voqea uchun klub nomidan uzr so‘radi.

Agar ma’lumot avvalroq olinganida, klub Titega tupurgan shaxsni aniqlash bo‘yicha zudlik bilan choralar ko‘rgan va uni darhol sudga bergan bo‘lardi", - deyiladi "Palmeyras" bayonotida.

Kiritildi: 18:03, 24.04.2024.
O'qildi: 686 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.