Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Real" "Milan" futbolchisini nishonga oldi

"Real" "Milan" futbolchisini nishonga oldi

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi yozgi transfer oynasida o‘z tarkibini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

Bild nashrining xabariga ko‘ra, Madrid grandi "Milan" himoyachisi Malik Tiavni qo‘lga kiritish ustida ishlamoqda.

Transfermarkt portali 22 yoshli Tiavni 30 million yevroga baholamoqda.

2023/2024 yilgi mavsumda himoyachi turli musobaqalarda 26 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan.

Eslatib o‘tamiz, Malik Tiav 2023 yilda Germaniya terma jamoasi safida uchta o‘yin o‘tkazgan. Himoyachi "Milan"da 2022 yilning yozida "Shalke"dan o‘tganidan beri o‘ynamoqda.

Kiritildi: 22:41, 24.04.2024.
O'qildi: 2245 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик