Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq 4-2 Tailand
03/02 15:00 Yaponiya 6-0 Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya 3-2 Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Yomon statistika: «Barselona»ning joriy mavsumdagi 6 ta yangi xarididan 5 tasi hozirgacha klubning umidlarini oqlamadi

Yomon statistika: «Barselona»ning joriy mavsumdagi 6 ta yangi xarididan 5 tasi hozirgacha klubning umidlarini oqlamadi

Baho:
+ | -

"Barselona"ning joriy mavsumdagi 6 transferidan beshtasi hozircha klub umidlarini oqlay olmadi. Faqat Gyundoganning shartnomasini nisbatan muvaffaqiyat deb atash mumkin - u yarim himoyada mavsum bo‘yicha jarohatsiz asosiy tarkibning o‘zgarmas o‘yinchisi bo‘lib qoldi. Kanselu, Feliks, Inigo Martines, Vitor Roke va Oriol Romeu esa ko‘pincha zaxiradan maydonga tushishadi.

Joau Kanselu - o‘yindagi pasayish va xatolar

Ko‘pchilik portugaliyalikning hujumdagi o‘yinini qayd etgan mavsumning birinchi yarmini muvaffaqiyatli o‘tkazganidan so‘ng, Kanselu "PSJ" va "Real"ga qarshi o‘yinlardagi xatolar tufayli o‘zini muxlislar tanqidiga "tashladi".

Vitor Roke - deyarli o‘yin amaliyotisiz qolmoqda

Kataloniyaliklar safiga qishda Levandovskining o‘rinbosari sifatida olib kelingan Roke joriy yilning ikkinchi yarmida deyarli hech qanday o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmadi. U Chempionlar ligasida maydonga tushmadi: na 1/8da "Napoli"ga qarshi, na 1/4 "PSJ"ga qarshi, Roke yana "Bernabeu"dagi eng muhim "klasiko"ni zaxirada kuzatib bordi. Xavi uning zaxirada qoldirilish sabablarini moslashishdagi qiyinchiliklar bilan izohlaydi.

Inigo Martines - Kubarsining "qurboni"

Martines markaziy himoyada tez-tez maydonga tushishi kutilgandi, ammo yosh Pau Kubarsining porlab chiqishi uni zaxira o‘rindig‘iga mixlab qo‘ydi. Martines Chempionlar ligasi doirasida "Napoli" va "PSJ"ga qarshi o‘yinlarda zaxirada o‘tirdi.

Joau Feliks - Rafinyaga raqobatda yutqazdi

Feliks "Barsa"da yaxshi statistika ko‘rsatmoqda, uning hisobida 10 ta gol va 6 ta golli uzatma bor, lekin u baribir zaxirada qolmoqda. Kuchliroq, tezroq va hal qiluvchi vaziyatlarda sovuqqonroq bo‘lgan Rafinya Feliksning o‘rnini egalladi va chap qanotni o‘z qo‘liga olgan Yamal bilan tandemda o‘ynamoqda. O‘tgan haftadagi "klasiko"da Joau o‘zining "omadsiz seriyasini" buza olmadi - u hech qachon "Los-blankos"ni hech qachon mag‘lub eta olmagan, yana darvozaga ham gol kiritmagan.

Oriol Romeu - asosiy tarkibdan zaxira o‘yinchisigacha

Mavsum boshida Oriol boshlang‘ich tarkibda maydonga tushayotgandi, ammo yarim himoyada umidlarni oqlay olmadi, asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotdi va zaxira futbolchisi sifatida kamdan-kam hollarda maydonga tushmoqda.

Manba: Sports.ru
Kiritildi: 23:55, 24.04.2024.
O'qildi: 2572 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.