Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

«A» seriya yutug‘i

«A» seriya yutug‘i

Baho:
+ | -

Italiya «A» seriyasi 5ta chipta rasmiylashtirishga ulgurdi, APL esa bunday imkoniyatni yo‘qotdi deyarli. Kelasi mavsum UYEFA reytingi bo‘yicha kuchli ikki ligada 5-o‘rinni egallagan klublarga ham CHL yo‘llanmasi beriladi. Italiya «A» seriyasi 5ta joyni band qilishga ulgurdi, hatto 6-chipta uchun ham imkoniyati bor. Eslatma, bunga qadar UEFA reytingidagi dastlabki 4ta mamlakatdan CHLda 4tadan jamoa o‘y-nardi ko‘pincha. Musobaqaning yangi formatiga ko‘ra esa, reytingi eng yaxshi ikki mamlakatga 5tadan joy ajratiladi. Ho-zir reytingda vaziyat qanday?

Reyting ochkolari qanday hisoblanadi? Klublarning har bir g‘alabasiga 2 ball berilsa, durang qiymati 1 ballga teng. Agar o‘yin qo‘shimcha bo‘limga o‘tsa, unda penaltilar seriyasi natijasi emas, balki 120 daqiqalik yakunidagi hisob e’tiborga olinadi. 3ta yevrokubok yarim final va finali uchun ham bonus beriladi. Ayni holatda Italiya matematik jihatdan kuchli ikkilikdan joy kafolatladi, demak, kelasi mavsum CHLda «A» seriyaning 5ta klubini ko‘rishimiz aniq. Qolaversa, nazariy jihatdan italyanlar ulushi hali 6ta chiptaga yetishi ham mumkin. Ya’ni agar «Roma» yoki «Atalanta» YELda g‘olib chiqish barobarida «A» seriya turnir jadvali kuchli to‘rtligidan chetda qolsa, 6-chipta rasmiylashtiriladi. Germaniya ham xuddi shu holatda. Zero, «Borussiya» D. CHLda g‘alaba qozonish orqali qo‘shimcha yo‘llanma olishi mumkin. Umuman, reytingda ham Germaniyaning 2-o‘rinni band etishi ehtimol katta.

UYEFA reytingi: yetakchi mamlakatlarning yevrokuboklarda qolgan klublari

Italiya: «Roma», «Atalanta», «Fiorentina»

Germaniya: «Bavariya», «Borussiya» D., «Bayer»

Angliya: «Aston Villa»

Fransiya: «PSJ», «Marsel»

Ispaniya: «Real»

Aytish kerak, avvalgi hafta «Manchester Siti» va «Arsenal»ning CHLdan chiqib ketishi oqibatida Angliya joriy mavsum ilk marta reytingda kuchli ikkilikdan pastga tushdi. Germaniya klublari esa ideal darajada o‘ynadi. Hozirda nemislarda 5-yo‘llanmani naqd qilish imkoniyati katta:

- Qolgan o‘yinlarda atigi 2ta g‘alaba

- Qolgan o‘yinlarda atigi 3ta durang

- Qolgan o‘yinlarda atigi 1ta g‘alaba + 2ta durang

- Qolgan o‘yinlarda 2ta durang, faqat kamida 1ta klubning finalga chiqishi sharti bilan

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:55, 25.04.2024.
O'qildi: 974 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.