"Real Sosyedad"ning yetakchi futbolchilaridan biri bo‘lib turgan Martin Subimendi Ispaniya chempionatining 33-turida "Real"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yin haqida gapirdi.
"Bu qiyin uchrashuv bo‘ladi. Ayni damda raqibimiz ajoyib formada, shuning uchun ochko olish uchun bor kuchimizni ishga solishimiz kerak.
Tribunalarning qo‘llab-quvvatlashi biz uchun juda muhim bo‘ladi. La Liganing joriy mavsumi "Real Madrid" nazorati ostida o‘tdi.
Agar ular o‘z ustunligini yo‘qotsa, bu tarixiy voqea bo‘lardi, ammo bunga ishonish qiyin", - deya futbolchining so‘zlarini keltiradi Marca gazetasi.