Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/09 18:30 OKMK 1-3 Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi 2-1 Surxon
09/09 20:00 Nasaf 3-0 Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona 5-1 Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart 3-1 Viking
09/09 23:59 Liverpul 2-1 Atletiko
09/09 23:59 Napoli 0-1 Arsenal
09/09 23:59 Sporting 3-1 Galatasaroy
09/09 23:59 PSJ 6-1 Slovan
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona
10/09 21:45 Fenerbaxche - Roma
10/09 21:45 PSV - Shaxtyor
10/09 23:59 Man. Yunayted - Sabah
10/09 23:59 Bavariya - Bude-Glimt
10/09 23:59 Komo - RB Leypsig
10/09 23:59 Slaviya - Lans
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

APL. «Liverpul» va «MYU» g‘alabani qo‘ldan chiqarishdi

APL. «Liverpul» va «MYU» g‘alabani qo‘ldan chiqarishdi

Baho:
+ | -

Angliya Premyer Ligasining 35-turida “Liverpul” 27 aprel, shanba kuni “Vest Hem”ga qarshi bahs olib bordi.

Londondagi uchrashuvda Bouen hisobni ochgan bo‘lsa, Robertson hisobni tenglashtirdi. Areolyaning avtogolidan keyin mehmonlar hisobda oldinga chiqib oldi. 77-daqiqada Antonio mezbonlarga durang natijani keltirgan gol muallifi bo‘ldi – 2:2.

Ushbu natija sabab Klopp shogirdlari ketma-ket ikkinchi o‘yinda ham ochko yo‘qotib, chempionlik uchun imkoniyatlarini keskin pasaytirib yubordi. “Liverpul” hisobida 35 o‘yinda 75 ochko bor va klub 3-o‘rinda bormoqda. “Arsenal” 34 o‘yindan keyin 77 ochko bilan peshqadamlikni saqlab turibdi. 33 o‘yinda 76 ochko to‘plagan “Manchester Siti” 2-o‘rinda bormoqda.

"Manchester Yunayted" esa o‘z uyida "Byornli"ni qabul qilib, muhim ochkolarni boy berdi. Mezbonlar 79-daqiqada Antonining goli evaziga hisobni ochishgandi. O‘yinning asosiy vaqti tugashiga 3 daqiqa qolganida "Byornli" penalti tepish huquqini qo‘lga kiritdi va o‘yinda durangga erishdi.

Mazkur durang tufayli "MYU" mavsumni kuchli to‘rtlikda yakunlash imkoniyatidan amalda mahrum bo‘ldi.

APL, 35-tur
27 aprel, shanba.
“Vest Hem” – “Liverpul” 2:2
Gollar: 1:0 – Bouen (43), 1:1 – Robertson (48), 1:2 – Areolya (65, avtogol), 2:2 – Antonio (77).
“Vest Hem”: Areolya, Soufal, Ogbonna, Zuma, Emerson, Souchek (Uord-Prouz, 74), Lukas Paketa, Alvares, Quddus, Bouen, Antonio.
“Liverpul”: Alisson, Aleksander-Arnold (Gomes, 79), van Deyk, Kuansa, Robertson, Endo (Nunes, 79), Mak Allister, Gravenberx, Elliott, Dias (Saloh, 79), Gakpo.
Ogohlantirishlar: Endo (30).

Manchester Yunayted – Byornli 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 79 Antoni, 1:1 – 87, penalti Amduni.
Manchester Yunayted – Onana, Uan-Bissaka, Maguayr, Kazemiro, Diogu Dalot, Eriksen (Amrabat, 81), Brunu Fernandesh, Maynu (Maktominey, 65; Maunt, 90), Antoni, Garnacho, Xeylund (Diallo, 65).
Byornli – Murich, Assinyon, O`SHi, Estev, Vitinyo, Kallen, Berge, Odober, Foster, Fofana (Amduni, 57), Bruun Larsen (Gudmundsson, 72).
Ogohlantirishlar: Odober (42), Antoni (43), Kallen (60), Estev (90+2).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:11, 27.04.2024.
O'qildi: 1591 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик