Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Ro‘ziqul Berdiyev: «Andijon» muxlislari jamoasiga katta kuch beryapti»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Andijon» muxlislari jamoasiga katta kuch beryapti»

Baho:
+1 | -

O‘zbekiston Kubogi «N» guruhi doirasidagi «Andijon» – «Nasaf» (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

— «Andijon» jamoasini keyingi bosqichga chiqqani bilan tabriklaymiz. «Andijon» jamoasi bugun katta ishtiyoq evaziga kerakli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Biz qiyin o‘yin o‘tkazdik. Qizil kartochkadan keyin ham g‘alaba uchun hujumga e’tibor qaratdik. Oxirgi daqiqada qarshi hujumda darvozamizdan gol o‘tkazib yubordik.

— «Nasaf»dan Kubok o‘yinlarida ham ko‘p narsa kutgandik. Alamli bo‘ldi. Kubok bahslarida Abduvohid Ne’matovni yo‘qligi jamoaga bilintirdimi?

— Darvozabon ko‘p vaziyatlarda bizni qutqarmadi. Buni sabab deb bilmaylik. Yutqazganda jamoa yutqazadi. Hujum chizig‘imiz gol urganida balki vaziyat boshqacharoq bo‘lardi. Shuning uchun jamoa sifatida keyingi bosqichga chiqa olmadik. Kubok o‘yinlarida yigitlarimda katta ishtiyoq sezmadim va ko‘rmadim. Buni o‘tgan o‘yinda ham, uydagi o‘yinda ham bilgandik. Albatta, yo‘qotishlar ko‘zga tashlandi. Bu narsa biz uchun yaxshi bo‘lmadi. Baribir maydonga chiqib o‘z saviyamizni ko‘rsatishimiz kerak edi.

— «Nasaf» O‘zbekiston Kubogining amaldagi sohibi hisoblanadi. Lekin jamoangiz guruhda qolib ketdi. Buni qanday izohlaysiz?

— Albatta, bu yaxshi natija emas, ko‘ngildagidek emas. Oldin ham aytgandim, har bir o‘yinlarda, oldimizdagi musobaqalarda maksimal harakat qilamiz. Lekin shunaqa bo‘ldiki, biz guruhda qolib ketdik.

— Nasaf» mart oyida «Andijon» bilan chempionat doirasida ham to‘qnashgandi. Ikkala uchrashuvni solishtirganda qanday farqlarini ko‘rdingiz?

— Ko‘p farqni sezmadim. «Andijon» jamoasi tartibli o‘ynab, katta ishtiyoq evaziga jamoaviy o‘yinni yaxshi yo‘lga qo‘yyapti. Shuni ham ta’kidlab o‘tishim kerakki, o‘z stadionidagi muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi bu jamoa uchun katta kuch. Buni ular amalda ham ko‘rsatishyapti. Muxlislar jamoasiga katta kuch berishyapti.

«Andijon» matbuot xizmati.

Manba: andijanfc.uz
Kiritildi: 22:44, 28.04.2024.
O'qildi: 2621 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик