Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf 1-1 Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor 2-1 Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

Timur Kapadze: «Indoneziyaga qarshi o‘yin uchun rejamiz bor»

Timur Kapadze: «Indoneziyaga qarshi o‘yin uchun rejamiz bor»

Baho:
+ | -

Ertaga O‘zbekiston U-23 terma jamoamiz Qatar maydonlarida o‘tayotgan qit’a musobaqasining yarim finalida Indoneziya termasiga qarshi maydonga tushadi. Bo‘lajak muhim uchrashuv oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida terma jamoamiz bosh murabbiyi Timur Kapadze ishtirok etdi.

"Ushbu bosqichga yetib kelganimizdan xursandmiz. Ertaga bizni qiyin bahs kutib turibdi. Ammo biz bu o‘yinga tayyormiz.

Albatta, har bir uchrashuv qiyin va murakkab bo‘ldi. Ayniqsa, Saudiya Arabistoniga qarshi uchrashuv og‘ir bo‘ldi. Ertaga bizni yangi o‘yin kutib turibdi. Mashg‘ulotlarda odatdagidek ishlayapmiz. Indoneziyaga qarshi o‘yin uchun rejamiz bor va uni amalga oshirishga harakat qilamiz.

Biz oldingi uchrashuvlarda Indoneziya muxlislarining ko‘p bo‘lishiga guvoh bo‘ldik. Ammo bundan qo‘rqmayapmiz, bizning ham muxlislar shu yerda. Qolaversa, ekran qarshisida ham xalqimiz duo qilib turishibdi. Bizda raqib muxlislarining ko‘pligiga qarshi yaxshi tajriba mavjud. Osiyo o‘yinlarida ham ko‘plab indoneziyalik tomoshabinlar bosimiga munosib javob bera olganmiz", - dedi Kapadze.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:09, 28.04.2024.
O'qildi: 6143 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик