Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

"Lester" o‘z tarixida 8-bor Chempionship g‘olibiga aylandi

"Lester" o‘z tarixida 8-bor Chempionship g‘olibiga aylandi

Baho:
+ | -

“Lester” mavsum yakuniga bir o‘yin qolganida chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Enso Mareski boshchiligidagi jamoa Chempionship 45-turi doirasidagi o‘yinda “Preston”ni mehmonda (3:0) mag‘lub etib, turnir jadvalida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

3-o‘rinda borayotgan “Ipsvich” peshqadamga yetib olish imkoniyatini yo‘qotdi. Ikkinchi o‘rindagi “Lids” avvalroq “tulkilar”dan o‘zib ketish imkoniyatini yo‘qotgan edi.

“Lester” hisobida 97 ochko bor va yana bitta o‘yin o‘tkazadi – o‘z maydonida “Blekbern”ga qarshi. Eslatib o‘tamiz, jamoaning turnirdagi eng yaxshi to‘purari 37 yoshli Jeymi Vardi bo‘lib, u 18 ta gol urgan.

Avvalroq, "Lester" quyi ligaga tushib ketganidan keyin bir yil o‘tib APLga qaytishni kafolatlagan edi: jamoa 2022/23 yilgi mavsum oxirida Angliya oliy divizionini tark etib, 18-o‘rinni egallagan edi.

"Lester" 8 marta chempionlikni qo‘lga kiritdi va 7 ta chempionlikka ega "Man Siti"ni bu borada ortda qoldirdi.

Eslatib o‘tamiz, ketma-ket to‘rtinchi mavsum Chempionshipda g‘oliblikni avvalgi mavsumda Premyer-ligadan tushib ketgan jamoa qo‘lga kiritmoqda.

Kiritildi: 02:19, 30.04.2024.
O'qildi: 1453 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик