Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Zlatan agentini sog‘indi

Zlatan agentini sog‘indi

Baho:
+ | -

«Barselona», «Milan», «PSJ», «Manchester Yunayted» va Shvesiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Zlatan Ibrahimovich o‘z agenti Mino Rayolaning vafoti haqida gapirdi.

"Agentim Mino Rayola olamdan o‘tganida, bu men uchun katta zarba bo‘ldi. Ko‘z yoshlarim tugaguncha yig‘ladim.

Menda u bilan bog‘liq ko‘plab xotiralar bor edi. Bu meni juda xafa qiladi, chunki men uni juda sog‘indim. U bilan meni tanigan har bir kishi biz qanchalik yaqin ekanimizni tushunadi.

Agar u meni o‘qisa, endi unga nima yozardim? "Men sizni sog‘indim", deya Ibrahimovichning so‘zlarini keltiradi AB Talks.

Futbol agenti Mino Rayola 2022-yilning 30-aprelida 54 yoshida kasallikdan so‘ng vafot etdi. Uning mijozlari orasida Zlatan Ibrahimovich, Erling Xoland, Pol Pogba, Genrix Mxitaryan, Blez Matyuidi, Marko Verratti, Janluiji Donnarumma kabi futbolchilar bor edi.

Kiritildi: 10:19, 02.05.2024.
O'qildi: 294 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик