Fransiyaning "PSJ" klubi darvozaboni Janluidji Donnarumma UYEFA Chempionlar ligasi yarim finali birinchi o‘yinida Dortmundning "Borussiya"siga qarshi kechgan minimal mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi.
"PSJ" pressingda yaxshiroq harakat qildi, biz to‘p bilan bo‘lganimizda ko‘proq golli vaziyatlar yaratdik. Agar raqiblar finalga yaqin deb o‘ylashsa, juda adashadi. Biz osonlik bilan Parijda vaziyatni to‘g‘irlashimiz mumkin", - dedi italiyalik darvozabon.