Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kukurelya 5 yildan beri kuzatilmayotgan natijaga erishdi

Kukurelya 5 yildan beri kuzatilmayotgan natijaga erishdi

Baho:
+1 | -

"Chelsi"ning chap qanot himoyachisi Mark Kukurelya "Tottenxem"ga qarshi o‘yinda kamdan-kam hollarda uchraydigan natijani qayd etdi.

Ispaniyalik futbolchi "ko‘klar" safida maydonga tushdi va hakamning so‘nggi hushtagi chalingunigacha o‘ynadi va uning jamoasi derbida 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Sofascore ma’lumotlariga ko‘ra, Kukurelya to‘qqizta yakkama-yakka kurashda bitta ham mag‘lubiyatga uchramagan - u Mateo Kovachichdan keyin bu ko‘rsatkichga erishgan "Chelsi"ning birinchi vakili bo‘ldi.

Hozirda “Manchester Siti”da o‘ynayotgan xorvatiyalik futbolchi buni 2019-yilda amalga oshirgandi.

Kiritildi: 10:14, 03.05.2024.
O'qildi: 889 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.