Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Yevro-2024'da terma jamoalar 26 ta futbolchini qaydnomaga kiritishi mumkin bo‘ladi

Yevro-2024'da terma jamoalar 26 ta futbolchini qaydnomaga kiritishi mumkin bo‘ladi

Baho:
+1 | -

UEFA Ijroiya qo‘mitasi Yevro-2024da ishtirok etuvchi terma jamoalarda qaydnomaga kiritiladigan futbolchilar limitini oshirishga qaror qildi, deb xabar bermoqda sport tashkiloti rasmiy sayti.

Endi jamoalar o‘z arizalariga 26 nafargacha futbolchini o‘z kengaytirilgan tarkibiga kiritishlari mumkin. Ilgari jamoaning maksimal tarkibi 23 nafar futbolchidan iborat bo‘lar edi.

Qayd etilishicha, musobaqa reglamentiga ko‘ra, Yevro-2024 musobaqasi uchun jamoalarning yakuniy ro‘yxati turnir boshlanishiga yetti kun qolganda, 7 iyunga qadar Yevropa futboli boshqaruv organiga taqdim etilishi kerak.

Yevropa chempionati final qismi o‘yinlari 2024 yilning 14 iyundan 14 iyuliga qadar Germaniyada bo‘lib o‘tadi. Turnirga o‘nta shahar mezbonlik qiladi: Berlin, Dortmund, Dyusseldorf, Frankfurt, Gelzenkirxen, Gamburg, Kyoln, Leypsig, Myunxen va Shtutgart.

Kiritildi: 05:18, 04.05.2024.
O'qildi: 1408 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик