Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Samvel Babayan: «Namanganga kelgan har qanday jamoa himoyada o‘ynaydi»

Samvel Babayan: «Namanganga kelgan har qanday jamoa himoyada o‘ynaydi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasi 6-turi doirasida o‘z uyida "Lokomotiv"ni yirik – 4:0 hisobida mag‘lub etgan Navbahor klubi bosh murabbiyi Samvel Babayan g‘alaba, Sayfiyevning pozisiyasi, Ruslanbek Jiyanov va olimpiya terma jamoasi haqidagi savollarga javob berdi.

"Birinchi taym qiyin kechdi. Golgacha deyarli vaziyat yarata olmadik. Bunga o‘zimiz va raqib himoyasi sabab. Namanganga kelgan barcha jamoalar bizga qarshi faqat himoyada o‘ynaydi. Bugun ham shunday bo‘ldi. Raqib himoyada mustahkam o‘ynab, tezkor qarshi hujumlarga tayandi. Boltaboyevning goli bizga g‘alaba qozonishimiz uchun turtki bo‘ldi.

Farrux Sayfiyev universal futbolchi. Yarim himoya chizig‘ida o‘ynab ko‘rgan. Shuningdek, chap qanotda Ibrohim Yo‘ldoshev bilan tandem sifatida sinab ko‘rmoqchi edik. Bu haqda uni o‘ziga aytdim. Menimcha, yomon o‘ynamadi.

Ruslanbek Jiyanov bizning asosiy hujumchilarimizdan biri. Kecha yetib keldi va bugunoq maydonga tushdi. Kecha sog‘lig‘i bo‘yicha biroz muammolar bor edi. Biroz shamollagan va maydonga tushishi aniq emas edi. Bugun shifokorlarimiz unga ruxsat berishdi va unga imkon berdik. Jiyanov Navbahorning asosiy o‘yinchisi. Chempionat avvalida bizga yordam berdi. Osiyo chempionlar ligasida ham ancha foydali o‘ynadi. Bizda ham endi olimpiadada qatnashadigan futbolchi bor. Bundan faxrlanamiz.

Iminjonov o‘tgan mavsumda birinchi ligada o‘ynagan. Ancha shijoatli va kelajagi bor o‘yinchi. Unga bugun imkon berdik. Hali bizga yordam beradi.

Olimpiya terma jamoamizning natijasi "Olimpik" loyihasi to‘g‘ri bo‘lganini anglatadi. Bu yoshdagi iste’dodlarni bir jamoaga yig‘ish orqali natijaga erishish mumkinligini ko‘rdik. Umuman, hozir bizda bunday futbolchilar ko‘p. Bu juda quvonarli hol. Bu avlod kelajak uchun sarmoya. Bu kabi yoshlar bizni jahon chempionatiga olib chiqa oladi", — dedi Babayan.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 23:13, 05.05.2024.
O'qildi: 1272 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик