Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

"Manchester Yunayted" mag‘lubiyatlar bo‘yicha klubning antirekordini yangiladi

"Manchester Yunayted" mag‘lubiyatlar bo‘yicha klubning antirekordini yangiladi

Baho:
+ | -

"Kristal Pelas" APLning 36-turidan o‘rin olgan uchrashuvda (4:0) "Manchester Yunayted"ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Erik ten Xag jamoasi uchun bu joriy chempionatdagi 13-mag‘lubiyat, Premyer-liga tashkil etilganidan beri esa klubning yangi antirekordi, deb xabar beradi BBC.

Oxirgi marta "Manchester Yunayted" 1989/90 yilgi mavsumda bundan ko‘proq yutqazgan. O‘shanda jamoa 16 mag‘lubiyatni qabul qilib olgan.

Ayni vaqtda “Manchester Yunayted” 35 o‘yindan so‘ng 54 ochko bilan turnir jadvalida sakkizinchi o‘rinda bormoqda.

Keyingi turda mankunianliklar chempionatning amaldagi peshqadami Londonning “Arsenal” klubini qabul qilishlari kerak.

Kiritildi: 08:01, 07.05.2024.
O'qildi: 1179 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик