Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

O‘zbekiston yengil atletika federasiyasiga yangi rais saylandi

O‘zbekiston yengil atletika federasiyasiga yangi rais saylandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Bugun Milliy Olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston yengil atletika federasiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda terma jamoaning Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga olib borayotgan tayyorgarligi ko‘rib chiqilib, federasiya boshqaruviga yangi rais saylandi.

Tadbirda Sport vazirining o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov, mamlakat yengil atletika federasiyasi mutasaddilari va Ijroiya qo‘mita a’zolari ishtirok etishdi.

Dastavval, federasiya Bosh kotibi Kamoliddin Ro‘zimuhammedov O‘zbekiston terma jamoasining Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga olib borayotgan tayyorgarligi yuzasidan hisobot berdi. Shundan so‘ng kun tartibidagi asosiy masalalar ko‘rib chiqildi.

Unda federasiya raisi lavozimida ishlab kelgan Mehriddin Abdullayevning o‘z xohishiga ko‘ra lavozimini tark etishi haqida yozgan arizasi ishtirokchilar tomonidan qanoatlantirildi. Shundan so‘ng Ijroiya qo‘mita tavsiyasiga binoan federasiya rahbarligiga “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruv raisi Sidiqov Bahodir Bahromovich nomzodi ilgari surildi.

Oybek Omilovich nomzod haqida o‘z fikrlarini bildirar ekan, uning sportsevar inson sifatida yaxshi nom qozongani, ommaviy sport va sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash masalasida jonbozlik ko‘rsatib kelayotgani va kelgusida yurtimizda yengil atletika rivojini yangi bosqichga ko‘tara olishiga shubha qilmasligini bildirdi. Delegatlar nomzodni bir ovozdan ma’qullashdi va Bahodir Sidiqov O‘zbekiston yengil atletika federasiyasining yangi raisi etib saylandi.

So‘z olgan B.Sidiqov mas’uliyatli vazifani bajarishga kirishar ekan, bildirilgan ishonchni oqlashga, yaqinlashib kelayotgan Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida terma jamoamiz atletlarining munosib tayyorgarlik ko‘rishi va ishtirok etishi uchun bor kuch-g‘ayratini ishga solishga va’da berdi. O‘z navbatida, Shahrullo Mahmudov hamda Bahodir Maxsitov Bahodir Bahromovichni yangi faoliyatida ham omad tilab, hamkorlikda ishlashga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Shuning bilan, O‘zbekiston yengil atletika federasiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi o‘z ishini yakunladi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 19:25, 08.05.2024.
O'qildi: 545 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.