Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Jamshid Saidov: «Durang yomon natija emas»

Jamshid Saidov: «Durang yomon natija emas»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasi 7-turi doirasida safarda «Metallurg» bilan durang o‘ynagan Navoiyning «Qizilqum» klubi ustozi Jamshid Saidov o‘yin haqida o‘z fikrini bildirdi.

«Metallurg» futbolchilari omadsiz kechgan o‘yinlardan keyin bugun yaralangan sher kabi maydonga tushishlarini kutgandik. Shu bois, bugun biroz himoyaviy taktika tanlagandik. Ikkinchi taym birinchisiga qaraganda ancha qiziqarli kechdi. Ikki tomon ham ochiq futbol namoyish etishdi. Durang biz uchun yaxshi natija. Har bir ochko muhim.

Diyor Rahmatilloyev bugun biroz kirishib keta olmadi. Jumanqo‘ziyev haqida ham shunday deyishim mumkin. Bunday vaziyat bo‘lib turadi. Tempga kirishib ketish qiyin kechadi. Lobjanidze hali jarohatidan to‘liq tuzalmadi. Shu bois, tavakkal qilishni istamayapmiz. U bizga keyingi o‘yinlarda hali kerak bo‘ladi.

Har o‘yinga jiddiy tarzda tayyorlanamiz. Turli raqib va shunga yarasha tayyorlanamiz. Ko‘rib turganingizdek, chempionatimiz darajasi kuchaygan. Kuchaymoqda. Oson raqibning o‘zi yo‘q.

Shahboz Jo‘rabekovning bugungi harakatlari shunchaki ehtiroslar bilan bog‘liq. Asablar, ehtiros kabi jihatlar futbolning bir bo‘lagi», — dedi Saidov.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 23:36, 11.05.2024.
O'qildi: 481 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик