Toshkentda yengil atletika bo‘yicha Markaziy Osiyo ochiq chempionati o‘tkazilmoqda.
Musobaqada O‘zbekiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘iston, Ukraina va Ozarbayjondan tashrif buyurgan 400 nafardan ortiq atlet g‘oliblik uchun bahs olib boryapti.
Musobaqaning ilk kuni doirasida bir qator yo‘nalishlarda g‘olib va sovrindorlar aniqlab olindi.
Kutilganidek, unda Anvar Anvarov uzunlikka sakrash, Suhrob Xodjayev bosqon uloqtirish, Malika Nasriddinova yadro uloqtirish kabi yo‘nalishlarda oltin medallarni qo‘lga kiritishdi. Umuman olganda, kun davomida atletlarimiz 11 ta oltin, 15 ta kumush va 11 ta bronza medallarini jamg‘arishga muvaffaq bo‘lishdi.













