Kirish Ro'yxatdan o'tish

Fakt. “Arsenal” bu mavsumda "katta oltilik" jamoalariga yutqazmadi

Fakt. “Arsenal” bu mavsumda "katta oltilik" jamoalariga yutqazmadi

Baho:
+ | -

Yakshanba kuni “Arsenal” yorqin o‘yin ko‘rsata olmadi, biroq ayni paytda “Manchester Yunayted”ni mehmonda minimal 1:0 hisobida mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi.

Mikel Arteta jamoasi Premyer-liga chempionligi uchun kurashni davom ettirmoqda. Qizig‘i, joriy Angliya chempionatida "Arsenal" "katta oltilik" deb atalgan jamoalarga yutqazmadi.

"Manchester Siti", "Liverpul", "Tottenxem", "Chelsi" va "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘tkazilgan 10ta o‘yinda "kanonirlar" oltita g‘alaba qozonishdi va to‘rtta durang qayd etishdi.

"Arsenal" bu mavsumda APLda besh marta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi. Arteta jamoasi “Aston Villa” (ikki marta), “Nyukasl”, “Vest Xem” va “Fulxem”ga yutqazdi.

Kiritildi: 18:22, 13.05.2024.
O'qildi: 707 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик