Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Ro‘ziqul Berdiyev: «O‘yin «Bunyodkor»ning rejasi asosida o‘tdi»

Ro‘ziqul Berdiyev: «O‘yin «Bunyodkor»ning rejasi asosida o‘tdi»

Baho:
+ | -

Superliga 7-turidan o‘rin olgan "Nasaf" – "Bunyodkor" (0:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Ko‘p hujum qildik, ammo hisobni ocholmadik. Vaziyatlar haqida gapirmayman. Biz raqibning rejasini buza olmadik. Qolaversa, "Bunyodkor" darvozabonini alohida ta’kidlagan bo‘lardim. U bugungi bahsning qahramoniga aylandi.

Futbolchilarga ko‘proq zarba yo‘llab, standart vaziyatlardan foydalanishlari kerakligini ta’kidlagan edim. Raqib tempni tushirib, himoyaga e’tibor qaratib, imkoni bo‘lsa qarshi hujumlarga o‘tishni reja qilgan edi. O‘yin ularning rejasi asosida kechdi. Yigitlar kurashishdi, g‘alabaga intilishdi, ammo bu futbol.

Da Silva omadsiz transfer emas, u bilan bog‘liq muammo yo‘q. Natija bo‘lmaganida barcha jamoadagilarni ayblash mumkin. U bizning futbolga ko‘nikishi uchun vaqt kerak.  Viktorga bo‘sh hududlar ochib berish lozim. Raqib zich himoyalanganda, istalgan futbolchiga qiyin bo‘ladi. Maydonda kim yaxshiroq bo‘lsa, o‘sha harakat qilmoqda. O‘ylashimcha, bitta futbolchiga e’tibor qaratish noto‘g‘ri.

OKMK bilan ochiq futbol bo‘lgan edi. Shu sababli gollar ko‘p bo‘lgan, hisob esa yirik ko‘rinish olgan edi. Bugun esa raqib to‘liq himoyalandi. "Bunyodkor" bir kishi kam bo‘lib qolganida 8-1 sxemasida harakat qildi. Bunday holatlarda biz ba’zan shoshilyapmiz, ba’zida esa vaziyatlarni golga aylantira olmayapmiz. Bugun ham shoshilganimiz uchun uzatmalarda xatoliklar ko‘p bo‘ldi.

Davronov hamda Abdurahmatovning yo‘qligi qiyinchilik tug‘dirmoqda. Bugun Golbanga imkoniyat bergan edik, jarohatidan to‘liq tiklanib ulgurmagani sababli uni yana zaxiraga olishga majbur bo‘ldik. Alibek OKMK bilan uchrashuvda kichik jarohat olgan edi va shu sababli unga dam olish imkonini bergan edik. Zafarmurod kecha mashg‘ulotlarda qatnashdi. Bugun esa belidagi og‘riq sababli qaydnomaga kiritilmadi. Biz uning xizmatlaridan foydalanishni rejalashtirgan edik", — dedi Berdiyev.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:54, 13.05.2024.
O'qildi: 1897 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик