Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/03 00:45 Lechche 0-1 Roma
30/03 01:00 Real Madrid 3-2 Leganes
30/03 15:30 Kalyari 3-0 Monsa
30/03 17:00 Xetafe 1-2 Vilyarreal
30/03 18:00 Fiorentina 1-0 Atalanta
30/03 19:15 Barselona 4-1 Jirona
30/03 21:00 Inter 2-1 Udineze
30/03 21:30 Valensiya 1-0 Malyorka
30/03 21:30 Atletik Bilbao 0-0 Osasuna
30/03 23:45 Napoli 2-1 Milan
31/03 00:00 Betis 2-1 Sevilya
31/03 21:30 Verona - Parma
31/03 23:45 Lasio - Torino
01/04 00:00 Selta - Las-Palmas
01/04 23:45 Vulverhempton - Vest Xem
01/04 23:45 Arsenal - Fulhem
02/04 00:00 Nottingem Forest - Man. Yunayted

Mahoratli va hazilkash afsona

Mahoratli va hazilkash afsona

Baho:
+ | -

Bir paytlar sermahsul o‘yinlarni namoyish etgan Pol Gaskoyn hozir ham angliyalik muxlislar juda hurmat qiladilar.

Buning bir qator sabablari bor, albatta. Axir u faqat shunchaki futbolchi emas, rostmana orkestr. Ochig‘i, shunday shaxsning ulkan salohiyat sohibi ekanligiga aql bovar qilmaydi. Gazza o‘zining nafaqat stadion tashqarisida, balki yashil maydondagi quvnoq hazil-mutoyibalari bilan nom qozongan. Uning kishiga yaxshi kayfiyat baxsh etadigan ayrim qiliqlarini e’tiboringizga havola etishni lozim topdik.

Avtomobildagi forel 

Baliq ovlashni xush ko‘radigan Gaskoyn bir kuni ovga qiziqib ketib, mashg‘ulotga borishi kerakligini unutib qo‘yganligi haqida uning «Reynjers»dagi sobiq jamoadoshi Alli Makkoyst gapirib bergandi. O‘shanda mashg‘ulotga oshiqqan Gazza 2ta forelni qayerga qo‘yishni bilmay, Gordon Dyurining mashinasiga yashirib qo‘ygan ekan. 

Polyuvgich voqeasi 

Buyuk Britaniyada «as daft as a brush» iborasi mavjud. U «polyuvgichdek to‘mtoq» ma’nosini anglatadi. Buyuk Bobbi Robson Gaskoynga aynan shunday ta’rif bergandi. Pol bunga qanday munosabat bildirgan? Ertasiga Pol navbatdagi mashg‘ulotga getrasi ichiga polyuvgich cho‘tkasini tiqib olgan holda yo‘l olgandi. 

Sariq kartochkani qaytarib berdi 

«Reynjers»ning 1995 yildagi o‘yini paytida uchrashuv hakami Dugi Smit sariq kartochkasini maydonga tushirib yuborgandi. Buni ko‘rib qolgan Gaskoyn uni hakamga olib bordi. Lekin shunchaki, hakamga uzatish o‘rniga, hazillashgan tarzda ko‘rsatib qo‘ya qoldi. Hazilni qabul qilmagan Smit kartochkani Gazzadan oldi va o‘sha zahoti Polga ko‘rsatdi. 

Jamoadoshi uchun  solyariy 

«Nyukasl»da to‘p surgan davrida Gazza hazillashish maqsadida o‘z jamoadoshi uchun bir necha seans solyariyga buyurtma bergandi. Tez orada o‘sha jamoadoshi qora tanli Toni Kanningem ekanligi ma’lum bo‘ldi. 

Vinni Jons bilan  tanishuv 

Gaskoyn faoliyatidagi eng mashhur fotosurat uning Vinni Jons bilan to‘qnashuvida olingan. O‘yin paytida Jons Gazzaning belidan quchoqlab olgandi. Uchrashuvdan keyin Pol yarashib olish belgisi sifatida Vinniga qizil atirgul jo‘natdi. Jamoadoshi esa tualet anjomlarini jo‘natish bilan javob qaytardi. Hazilkash do‘stlarning aloqasi hanuzgacha to‘xtamagan - yaqinda ular hamkorlikda baliq oviga yo‘l olishdi. Gazza shuningdek, «Arsenal» afsonasi Devid Simen bilan ham ovga borib turadi. 

Mehmonxonadagi maishat va klub avtobusida  

sayohat 

Gazzani «Tottenxem» bilan shartnoma imzolash uchun Londonga taklif etishganida, uni hashamatli mehmonxonadan joy berishgan va haqqini klub vakillari to‘lashgandi. Albatta, Pol bir nechta ulfatlari bilan kelgandi va muzokarani klub vakillariga murojaat bilan boshlagandi: «Biz bu yerdagi ajoyib 3 kun uchun sizlarga minnatdorchilik bildirishni istaymiz». 

«Midlsbro»da bo‘lgan chog‘ida Gaskoyn klub avtobusini olib qochish va klub bazasida sayr qilishga qaror qildi. Oqibatda, uni boshqara olmay, devorga urildi va klubga 10 000 funt zarar keltirdi. 

Mehmonxonadagi jarohat va pidjak cho‘ntagidagi ilon 

JCH-1990 turnirining 2-turida Angliya terma jamoasi Niderlandiya bilan durangga imzo chekkan bo‘lsada, omadsizlik futbolchilarning barga yo‘l olishlariga to‘sqinlik qila olmadi. Bundan xabardor bo‘lgan darg‘azab Bobbi Robson polisiyaga murojaat qildi. Gaskoyn, Kris Uodl va Brayan Robson mehmonxonaga yashirinib olishdi. Lekin u yerda jim o‘tirmadilar. Brayan Gazza o‘tirgan karavotni tebrata boshladi. Yakunda u ag‘darilib, Robsonning bosh barmog‘iga jarohat yetkazdi. Shu sababli Brayan turnirdagi ishtirokini davom ettira olmadi. 

«Tottenxem»dan «Lasio»ga o‘tgan Gazza Rimdagi villalarning biridan joy olgandi. Kunlarning birida u yotoqxonasida ilonni ko‘rib qoldi va o‘ldirdi. Ertasiga ilonni o‘zi bilan olib ketib, Roberto Di Matteo pidjakining cho‘ntagiga solib qo‘ydi. 

Afsus-nadomat 

Ichkilikka ruju qo‘ygan futbol afsonasi bir kuni juda ko‘p ichib yubordi va o‘zini poyezd ostiga tashlash maqsadida temir yo‘l stansiyasi tomon yo‘l oldi. Biroq uning baxtiga, stansiyaga yetib kelgan Brayan Robson uni olib ketdi. 

Ichkilik hech qachon hech kimga do‘st bo‘lmasligini unutmaslik kerak. Mudhish voqealar baxtiyor damlarni yutib yuboradi, uning sohibi esa g‘am-g‘ussaga botadi. Mart oyida Gazza shunday degandi: «Bir paytlar baxtiyor piyonista edim, endi g‘amga ko‘milgan bedavoman. Agar kun yomon bo‘lishini istasam, barga yo‘l olaman, yaxshi bo‘lishini istasam, qarmoqni olamanda, ovga jo‘nayman». 

Uchrashuvga Santa-Klaus libosida 

Angliyalik qitmir futbolchi «Lasio»da o‘ynagan davrida FIFAning o‘sha davrdagi bosh kotibi Zepp Blatterni lol qoldirgandi. Jamoa bosh murabbiyi Dino Zoff martabali mehmonni munosib kutib olish uchun futbolchilardan durustroq kiyinib olish haqida ogohlantirgandi. Nima deb o‘ylaysiz, Pol qanday libosni tanlagan? Uchrashuvga u Santa-Klaus kostyumida yo‘l olgan va eski qadrdonlardek Blatter yonidan joy olgandi.

Sodiq SOBIR tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:48, 14.05.2024.
O'qildi: 1385 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz