Shanba kuni tushdan keyin Bundesligada joriy mavsum yakuniga yetadi.
"Borussiya Dortmund" va "Darmshtadt" o‘rtasidagi bahs Marko Roys uchun so‘nggi uy o‘yini bo‘ladi.
Jamoa o‘zining sevimli qahramoni bilan xayrlashar ekan, dortmundliklar bosh murabbiyi Edin Terzich Roysga jamoa sardorligini ishonib topshiradi. Bu uning sodiqligi uchun mukofot bo‘ladi.
“Men vaqtinchalik murabbiy bo‘lganimda Marko Roys bilan uyimda bo‘lgan birinchi suhbatni eslayman. O‘shanda men unga va’da bergan edim.
Albatta, bu mavsum u uchun ham, men uchun ham oson bo‘lmadi. "Darmshtadt"ga qarshi o‘yinda u jamoani sardor sifatida maydonga olib chiqadi", – dedi murabbiy.
Eslatib o‘tamiz, "Borussiya"ning amaldagi sardori Emre Jan hisoblanadi.