Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Aleksandr Xomyakov: "G‘alabaga bo‘lgan intilish yuqori edi, lekin...”

Aleksandr Xomyakov: "G‘alabaga bo‘lgan intilish yuqori edi, lekin...”

Baho:
+ | -

“Andijon” – “Metallurg” (1:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida "Andijon" jamoasi ustozi Aleksandr Xomyakov ishtirok etdi.

- Hamma ko‘rdi, ancha og‘ir o‘yin bo‘ldi. Bunday sifatli muxlislikda biz g‘alaba qozonishimiz kerak edi. Afsuski, ikkinchi o‘yinda ham biz bunday ishqibozlarimiz qarshisida g‘alaba qozona olmadik. Juda asabiy o‘yin bo‘ldi. O‘z imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. g‘alabaga bo‘lgan intilish yigitlarda yuqori edi. Yaxshi harakat qildik, oldinga intildik. Lekin biz g‘alaba uchun yetarlicha kurasha olmadik. Hujumkor o‘yin bo‘ldi. Xissiyotlarga boy o‘yin bo‘ldi. Raqib ham yaxshi himoyalandi. Qanotlardan uyushtirgan hujumlarimiz ham o‘z samarasini bermadi. Raqib qarshi hujumlarda yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Bir vaziyatda ular shundan foydalanib gol urishdi.

- G‘alabaga nima yetishmadi?

- Hujumda yetarlicha yaxshi o‘ynay olmadik. Aniqlik yetishmadi. Shu bilan birga hujumlardagi noaniq harakatlar tufayli g‘alaba qozona olmadik. Chunki raqib yaxshi himoyalandi.

- Gol o‘tkazilganidan keyin bir qator zaxiradan o‘yinchilarni tushirdingiz. Bu o‘zgarishlar qanchalik o‘zini oqladi, deb o‘ylaysiz?

- Bunga qo‘shilaman va bir qator o‘yinlardan beri majburiy o‘zgarishlarni amalga oshiryapmiz. Zaxiradan maydonga tushgan o‘yinchilar o‘yinimizni kuchaytira olishdi, deb ayta olaman. Bunday ishqibozlar qarshisida maydonga tushish va to‘p surish har qanday futbolchiga qo‘shimcha mas’uliyat yuklaydi. Tarkibimiz medallar uchun kurashadigan holatda emas. Balki yigitlarda bosim bo‘lgandir. Mas’uliyat yuqori, maydonga chiqib g‘alaba qozonishimiz asosiy vazifamiz. Tan olaman, bir necha uchrashuvlardan beri maydonga tushgan futbolchilar o‘yinni to‘liq kuchaytira olmayaptilar. Ba’zida tajriba yetishmayapti. Yuqorida aytganimdek, raqib aqlli himoyalandi. o‘yinimizda o‘ziga yarasha rejalarimiz bor edi. Lekin o‘xshamadi. Yarim himoyachilarimizga aniqlik yetishmadi. Qanotlarda ham muammolarimiz borligi ko‘rinib turibdi. Buni keyingi o‘yinlarda bartaraf qilamiz. Samiyevni o‘yinida ham tajovuzkorlik yetishmadi, uni bugun muntazam ravishda qo‘riqlab turishdi.

- “Andijon” oxirgi uchta turdan beri yutolmayapti. Bu haqida nima deya olasiz?

- O‘yin sifati meni qoniqtirmayapti. Hujumlarda ijodkorlik hamda vaziyatlardan unumli foydalanish yetishmayapti. Himoyada ham bir qator muammolar bor. Har o‘yinda gol o‘tkazib yuboryapmiz. Bilib turibman, uyda yuta olmayapmiz. Vaziyatni to‘g‘rilash choralarini ko‘ramiz.

- O‘zingiz ham aytib o‘tdingiz, har uchrashuvda jamoa gol o‘tkazib yuboryapti. Litovkaning o‘yinidan qoniqyapsizmi?

- To‘g‘ri, u 10 ta o‘yin o‘tkazdi. O‘yinlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, 10 ta uchrashuvdan faqat bittasida qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Uni aybdor sifatida ko‘rsatib bo‘lmaydi. Umumiy ma’noda, u deyarli xato qilmayapti. Shu bois biror nimani o‘zgartirish shart emas. Ha, bizda boshqa darvozabonlar ham bor. Lekin ularda o‘yin amaliyoti kam. 10 ta o‘yinda bitta xato qilganligi menimcha yomon ko‘rsatkich emas" - dedi Xomyakov.

Manba: "Андижон" матбуот хизмати
Kiritildi: 22:47, 18.05.2024.
O'qildi: 1033 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.