Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Vesko Steshevich: "Turdan-turga o‘yinimizni yaxshilab boryapmiz”

Vesko Steshevich: "Turdan-turga o‘yinimizni yaxshilab boryapmiz”

Baho:
+ | -

“Andijon” – “Metallurg” (1:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida "Metallurg" bosh murabbiyi Vesko Steshevich ishtirok etdi.

- Jangovar ruhdagi o‘yinni guvohi bo‘ldik. Ikkala jamoa ham yetarlicha kurashdi. Birinchi taymda ikkita yaxshi imkoniyatimiz bo‘lgandi. Lekin bundan to‘liq foydalana olmadik. Tanaffusdan keyin yaxshi vaziyatlarga ega bo‘ldik. Darvozabonimiz ham mahorat ko‘rsatdi. Afsuski, g‘alabani saqlab qola olmadik.

- Darvozabonning holati yaxshimi? Unda jarohat borga o‘xshadi...

- Uni hali to‘liq ko‘zdan kechirmadim. Menimcha, unda hammasi yaxshi, deb o‘ylayman.

- “Metallurg” hali yutmadi. Lekin “Paxtakor”ga qarshi munosib o‘yin ko‘rsatdi. Bugun durang qayd etdi. Asta-sekin o‘yin sifati yaxshilanyapti. Jamoa g‘alabaga qarab ketyapti.CHempionatdagi ilk g‘alabasini tez kunda ko‘rishimiz mumkinmi?

- O‘rinli va mazmunli savol. Fikrlaringizga qo‘shilaman. Turdan-turga o‘yinimizni yaxshilab boryapmiz. Afsuski, o‘tgan turda penaltini amalga oshira olmadik. Bugungi o‘yinda ham gol urgan futbolchimiz yaxshi natija ko‘rsatyapti, uni qo‘llab-quvvatlaymiz. Bugun yaxshi harakat qildik. Ammo bir-ikki vaziyatdagi xatolarimiz evaziga gol o‘tkazib yubordik. Agar g‘alabani saqlab qolganimizda o‘yinchilarimizga va barchamizga chin ma’noda mukofot bo‘lardi. Bergan savolingizni qo‘llab-quvvatlayman. O‘yindan-o‘yinga natijalarimiz yaxshilanib boryapti.

- Jorjevich yangi transfer sifatida olingandi. U haqida fikringiz? o‘rinboyevning holati qanday?

- Zabihilloni jarohati bor. Sekin-asta tikkalanyapti. O‘ylaymanki, 10 kunlardan keyin mashg‘ulotlarimizda qatnashishni boshlaydi. Individual shug‘ullanishga kirishdi. Barchamiz jamoamiz sardorini tezroq maydonga qaytishini xohlaymiz. Ammo bunga biroz muddat kerak. Boshqa o‘yinchilarimiz ham imkon qadar harakat qilishyapti. Jorjevich ham intilyapti. Milichkovich ham boshida qiynalgandi. Mana, hozir ancha yaxshilanib boryapti.Barcha futbolchilarimizni yaxshi formada bo‘lishi uchun hamma imkoniyatlarimizni ishga solyapmiz" - dedi "Metallurg" ustozi.

Manba: "Андижон" матбуот хизмати
Kiritildi: 23:10, 18.05.2024.
O'qildi: 1149 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик