Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Arteta: "Manchester Siti" dekabr oyidan beri aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi"

Arteta: "Manchester Siti" dekabr oyidan beri aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi"

Baho:
+ | -

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta 2023/2024 yilgi mavsumda APLda ikkinchi o‘rin haqida fikr bildirdi.

"Men juda faxrlanaman. Avvalo, "Manchester Siti"ni chempionlik bilan tabriklayman - ular dekabrdan beri aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi. Biz bor kuchimiz bilan harakat qildik. Ko‘ryapsizmi, biz buni qanchalik xohlayotgandik, biz juda ko‘p harakat qildik. Afsuski, bu yetarli emas edi.

Muvaffaqiyatni faqat boshqa birov bilan solishtirish bilan o‘lchab bo‘lmaydi - biz nima qilayotganimizni tushunishimiz kerak. G‘alabalardan tashqari barcha klub rekordlarini yangiladik. Bu eng raqobatbardosh liga va biz eng yaxshi bo‘lishimiz kerak. Endi biz yanada rivojlangan bo‘lish yo‘llarini topishimiz kerak.

“Arsenal”ga kelganimda orzum barchani birlashtirish va bu klubni chinakam yangi bosqichga olib chiqish edi. Biz hozir bu yo‘ldamiz. Men xafaman, chunki men chempionlikni qo‘lga kiritishni juda xohlardim, chunki bu muxlislar uchun juda muhim bo‘lardi, ammo biz chempionlikka yaqinroqmiz.

Endi biz yanada dadil, qat’iyatli, shijoatli bo‘lishimiz kerak, yangi bosqichga ko‘tarilishimiz kerak. Muvaffaqiyatga erishishimiz kerak”, - dedi Arteta BBC bilan suhbatda.

 

Kiritildi: 09:49, 20.05.2024.
O'qildi: 951 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик