"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland Angliya Premyer-ligasida tarixga kirdi, deb xabar bermoqda Squawka portali.
Xabar qilinishicha, norvegiyalik futbolchi Premyer-liga tarixida ketma-ket ikki mavsum Angliya chempioni va mavsumning eng yaxshi to‘purari bo‘lgan birinchi futbolchiga aylandi.
Joriy mavsumda Erling Xoland “Manchester Siti” safida 44 ta o‘yin o‘tkazib, 38 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.