Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Ro‘ziqul Berdiyev: "Jarohatlanganlar safga qaytsa, yanada kuchli bo‘lamiz"

Ro‘ziqul Berdiyev: "Jarohatlanganlar safga qaytsa, yanada kuchli bo‘lamiz"

Baho:
+ | -

Superliga 8-turidan o‘rin olgan "Surxon" – "Nasaf" (0:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Bugungi o‘yinda ikkinchi raqam sifatida harakat qildik. "Surxon" jamoasiga to‘pni berganimizga qaramay, ulardan ko‘proq vaziyat yarata oldik. Bunga o‘zingiz ham guvoh bo‘ldingiz. Qanchalik himoyaviy o‘ynagan bo‘lmaylik, bugungi asosiy maqsad — g‘alabaga erishdik. Har bir 3 ochko jamoamiz uchun muhim, shuning uchun e’tiborni g‘alabaga qaratib harakat qildik.

Bu rejamizda bor edi, desak bo‘ladi. "Surxon"ni yaxshi bilasizlar, to‘p bilan ishlashni yaxshi ko‘radi. Shundan kelib chiqib, qarshi hujumda, ikkinchi raqam sifatida bahs olib borishni maqsad qilgandik. Va yigitlarga raqib to‘p bilan bo‘lgan paytda ularga nisbatan biroz keskinroq harakat qilib, ko‘proq to‘plarni yutib olib, qarshi hujumlarga tezroq o‘tishni uqtirgandik. Ba’zi vaziyatlarda bu ish berdi, lekin aksar hollarda himoyadan hujumga chiqishda oqsadik. Asosiysi, jarima maydonimiz atrofida "Surxon" jamoasiga vaziyat yaratish uchun imkon qoldirmasligimiz kerak edi. Menimcha, buni uddalay oldik, so‘nggi soniyalardagi holatni inobatga olmasak, raqiblarda darvozamiz yaqinida u qadar xavfli vaziyatlar bo‘lmadi.

Bizda hozirda biroz muammoli vaziyat kuzatilmoqda: 4 nafar himoyachimiz jarohatda, ularning ikkisi asosiy tarkib futbolchilari. Shu boisdan Mozgovoyni himoyaga tushirishga majbur bo‘lyapmiz. Bu ham, albatta, o‘yinimizga ta’sir qilyapti. Yigitlar safga qaytganda yanada kuchliroq bo‘lamiz.

Zafarmurod yaqin 10 kun ichida asosiy guruh bilan mashg‘ulotlarda qatnashmadi. "Bunyodkor"ga qarshi bellashuvda aytgan edim, uchrashuv kuni belida og‘riq sezgan edi. Kechagina safga qaytgan edi, ammo bugun tavakkal qilishni xohlamadik.

Har qanday futbolchining o‘z pozisiyasida to‘p tepmasligi jamoaga ta’sir qiladi. OKMKga qarshi bahsda G‘aybullayev va Davronov o‘ynaganida himoya markazida hech qanday qiyinchilik ko‘rmagan edik. Alibek safdan chiqqandan so‘ng duch kelayotgan muammolarimizni o‘zingiz ko‘rib turibsiz. Kelgusi bellashuvlarda maydonda bizga yordam bera olishidan umidvormiz va bu juda ham muhim. Har bir futbolchi o‘z ampluasida harakat qilishning ilmini olgan bo‘ladi. Akmal biz talab qilayotgan yuklamalarni bajarib beryapti. Lekin unda markaziy himoyada o‘ynash ko‘nikmasi kamroq.

Ko‘nglim to‘lmaganlari zaxirada o‘tiribdi. Boshlang‘ich tarkibda Zoranning qolganlardan ko‘ra ko‘proq tegyapti", - dedi Berdiyev.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 05:19, 21.05.2024.
O'qildi: 608 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.