Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

VAR bo‘lmaganida APL jadvali qanday ko‘rinish olardi?

VAR bo‘lmaganida APL jadvali qanday ko‘rinish olardi?

Baho:
+ | -

Bu mavsum ham Angliya futbolida yakuniga yetdi. "Manchester Siti" o‘z tarixida ketma-ket 4 marta chempionlikka erishib, rekord o‘rnatdi. Hali yangi APLda bunaqasi ro‘y bermagan edi. Shuningdek, bunda "shaharliklar"ga oxirigacha kun bermagan "Arsenal"ni ham ta’kidlab o‘tish joiz. Mavsumning 38 turlik yakuniy jadvali ma’lum. Ammo bu jadval VAR asosida shakllangan. Iyun oyida esa musobaqaning barcha 20 ta klubi VARni turnirdan olib tashlash borasida ovoz berishadi. Xo‘sh, agarda videotakror tizimi bo‘lmaganida, APL jadvali qanday ko‘rinish olgan bo‘lardi. Bu haqida quyida fikr yuritamiz.

"Nyukasl Yunayted" yakuniga yetgan mavsumning eng katta VARdan zarar ko‘rgan klubiga aylanishi mumkin. Ha, Eddi Xau shogirdlarida hali ham Yevropa Konferensiyalar ligasida o‘ynash imkoniyati mavjud. Ammo buning uchun 25 may kuni Uemblida "Manchester Yunayted" "Manchester Siti"ga kubokni boy berishi kerak bo‘ladi. Agarda VAR bo‘lmaganida edi, hozir "Nyukasl" allaqachon yevrokuboklardan biriga yo‘llanma olgan bo‘lardi. "Arsenal" esa, garchand videotakrorsiz 1 ochko ko‘p to‘plasa ham, bu chempionlik uchun yetarli bo‘lmasdi. SunSport nashri mavsum davomida VAR aralashib, o‘zgartirilgan qarorlarni tahlil qilib chiqdi. Unga ko‘ra, agarda videotakror bo‘lmaganida ham, APLning kuchli to‘rtligi o‘zgarishsiz qolardi. Lekin "Aston Villa" "Tottenxem"ni 2 ochko emas, balki 4 ochko ortda qoldirib ketgan bo‘lardi.

"Nyukasl" "Chelsi" bilan ochkolar borasida tenglashib olib, gollar nisbatiga ko‘ra 6 o‘rindan joy olardi. Bu esa, o‘z navbatida, endi "Chelsi"ning "MYU" mag‘lubiyatini kutishga majbur qilardi. Turnir jadvali quyisidagi 3 ta jamoa nomi ham VARsiz o‘zgarmasdi. Ammo "Luton Taun" faqat gollar farqi sabab Chempionshipga yo‘l olgan bo‘lardi.
"Brayton" tizim sababli 5 ochko yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi. Ammo jadvalda bu faqat 1 ta pog‘ona yuqorilashni anglatadi xolos. "Everton", "Nottingem" va "Fulxem" VARdan mavsum davomida 3 ochkolik "zarar" ko‘rgani ochiqlandi.

"Vulverxempton" klubi VARdan eng ko‘p aziyat chekkan klublardan biridir. "Bo‘rilar" jami 7 bor VAR aralashuvi sababli zarar ko‘rgan. "Chelsi" bilan videotakror tizimi aralashuviga oid jami 17 ta holat mavjud bo‘lib, ulardan 7 tasi jamoa foydasiga, 10 tasi esa zarariga ishlagan.
"Fulxem" va "Nottingem" VARsiz 5 ochkodan ayrilgan bo‘lardi. "Manchester Siti" esa doimgidek VARdan yaxshigina foyda ko‘rgan. "MYU" natijasi 1 ochkoga yaxshiroq bo‘lardi, agarda VAR bo‘lmaganida. "Qizil iblislar"ga 5 bor qarshi qaror qabul qilingan. Shuningdek, 5 marta Erik ten Xag shogirdlari tizimdan foyda ham ko‘rishgan. "Liverpul" videotakrorsiz ancha qiynalib qolishini VARsiz jadvaldan bilib olishingiz mumkin. "Byornli" va "Brayton"ga bu tizim na foyda, na zarar keltirgan.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: newsnow.co.uk
Kiritildi: 09:41, 21.05.2024.
O'qildi: 9403 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик