Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi sobiq futbolchisi Emiliano Rigoni jamoasisiz qoldi.
Argentinalik vinger o‘ynagan "Ostin" 31 yoshli futbolchi bilan keyingi hamkorlikdan voz kechishga qaror qildi, deya xabar beradi klub matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, Rigoni 2022 yilning yozidan buyon Amerika jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda argentinalik futbolchi 11ta o‘yinda ishtirok etib, bitta gol urgan.
Ma’lumot uchun, "Ostin" ayni damda MLSning G‘arbiy ligasida 3-o‘rinni band etgan.