Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Ekspert hakamlar komissiyasi qarori: Ilgiz Tantashev penalti bermagan, To‘rabek Suyunov va Sultonmurod Abdurahmonov ham xatoga yo‘l qo‘ygan (video)

Ekspert hakamlar komissiyasi qarori: Ilgiz Tantashev penalti bermagan, To‘rabek Suyunov va Sultonmurod Abdurahmonov ham xatoga yo‘l qo‘ygan (video)

Baho:
+ | -

Superliga 2024 yilgi mavsumning 8-turi yakuniga yetdi. O‘zbekiston futbol hakamlari markazi tur yakunlariga ko‘ra, Ekspert-hakamlar komissiyasining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazdi va tur doirasida kuzatilgan bahsli vaziyatlar tahlil qilindi. 8-tur doirasida o‘tkazilgan o‘yinlarda jami o‘n bitta bahsli vaziyat yuzaga keldi. Hakamlar 3 holatda xatoga yo‘l qo‘ygan.

“Andijon” — “Metallurg” bahsining 18-daqiqasida maydon egalarining 66-raqamli futbolchisi ehtiyotsizligi sabab mehmonlar vakili oyog‘ining himoyalanmagan qismiga shikast yetkazdi. Bosh hakam Sultonmurod Abdurahmonov bu holatda andijonliklar himoyachisiga sariq kartochka ko‘rsatdi.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qaroriga binoan ushbu vaziyatda futbolchi raqibiga o‘ta keskin tarzda busasining tag qismi bilan zarba bergan va unga jiddiy jarohat yetkazishi mumkin deb hisoblandi va komissiya hakamning qarorini noto‘g‘ri, deb hisoblagan.

“Qizilqum” — “Olimpik” bellashuvining 80-daqiqasida mezbonlar raqib jarima maydonida xavfli vaziyat yuzaga keltirdi. Bu vaziyatda navoiyliklarning 8-raqamli futbolchisi to‘p uchun kurashda maydonga yiqildi. Bosh hakam To‘rabek Suyunov VAR orqali holatni o‘rganganidan so‘ng penaltiga ishora qildi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qaroriga binoan ushbu epizodda himoyachi to‘p uchun kurashga kirgan va penalti uchun yetarli asos mavjud emas deb hisoblanib, komissiya hakamning qarori noto‘g‘ri bo‘lganini ma’lum qilgan.

“Surxon” — “Nasaf” bahsining 90+1-daqiqasida nominal mezbonlarning 17-raqamli futbolchisi qarshiliklar jarima maydonida raqibi bilan to‘p uchun kurashda yiqildi. Bosh hakam Ilgiz Tantashev esa VARdagi uzoq tekshiruvdan keyin vaziyat penaltiga tortmasligini qayd etdi.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qaroriga binoan bu holatda hujumchi qulay vaziyatga chiqib borayotgan bir vaqtda himoyachi tomonidan to‘xtatib qolindi. Shuningdek, mehmonlar vakili birinchi to‘pga emas, raqibning oyog‘iga zarba berdi. Komissiya bu holatda penalti uchun asos yetarli deb hisoblaydi va komissiya hakamning qarorini noto‘g‘ri, deb topgan. Mazkur vaziyat sababli Ilgiz Tantashev chiqargan qaror qo‘mitaga oshirilgan.

Qolgan bahsli vaziyatlarda eksspertiza komissiyasi hakamlar qarorini qo‘llab-quvvatlagan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 09:38, 23.05.2024.
O'qildi: 3182 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.