Nikolo Fadjoli Italiya terma jamoasining Yevro-2024 uchun dastlabki tarkibidan joy oldi.
Luchano Spaletti yarim himoyachini Yevropa chempionatida o‘ynash imkoniyatiga ega 30 nafar futbolchi qatoriga kiritdi.
20-may kuni Fadjoli futbol o‘yinlariga pul tikkani uchun 7 oylik diskvalifikasiyadan so‘ng ilk bor “Yuventus”da o‘ynagandi.
U A Seriyaning 37-turidan o‘rin olgan "Bolonya" bilan o‘yinda (3:3) zaxiradan maydonga tushgandi.