Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Gvardiola: "O‘yin rejam muvaffaqiyatsiz bo‘ldi"

Gvardiola: "O‘yin rejam muvaffaqiyatsiz bo‘ldi"

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Angliya kubogi finalida "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyat (1:2) haqida fikr bildirdi.

"Manchester Yunayted"ni Angliya kubogini qo‘lga kiritgani bilan tabriklayman. O‘ylaymanki, o‘yin rejam muvaffaqiyatsiz bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘lim ancha yaxshi o‘tdi. Biz shiddatliroq edik, yo‘qotadigan hech narsamiz yo‘q edi.

O‘yin keskin o‘tdi. Biz birinchi golni o‘tkazib yubordik, ular ikkinchisida himoyadan hujumga yaxshi o‘tishdi, shuning uchun "Yunayted"ni ikkinchi gol bilan tabriklaymiz.

Afsuski, biroz kechikib gol urdik. Balki hammasi boshqacha bo‘lishi mumkin edi, lekin biz mag‘lub bo‘layotganimizda jamoa doimo pressing qildi.

"Yunayted" har doim qarshi hujumlarga tayanadigan jamoa. Birinchi bo‘limda kurash bo‘ldi, ammo ikkinchi bo‘limda biz yaxshiroq o‘ynadik.

Umuman olganda, bu final uchun yaxshi o‘yin. Men xafaman, bu normal holat, jamoalar finalda mag‘lub bo‘lishlari mumkin, ammo bu mavsum ajoyib bo‘ldi.

Biz barcha sovrinlar uchun kurashishimiz mumkin edi. Biz dam olamiz va yana ham yaxshiroq qaytamiz", – dedi Gvardiola. 

Kiritildi: 12:23, 26.05.2024.
O'qildi: 1991 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик