Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

Jaka: “Kelasi mavsum, ehtimol, bizda 51 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriya bo‘lmaydi"

Jaka: “Kelasi mavsum, ehtimol, bizda 51 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriya bo‘lmaydi"

Baho:
+ | -

"Bayer" yarim himoyachisi Granit Jaka o‘z ambisiyalari haqida gapirdi.

2023/24 yilgi mavsumda Leverkuzen klubi Germaniya chempioni va mamlakat kubogi sohibiga aylandi.

“Men bu yerga nafaqat bir mavsumda, balki keyingi mavsumlarda ham chempionlik uchun kelganman. Biz qanday salohiyatga ega ekanligimizni bilamiz va Xabi biz bilan qolish haqidagi qarori ajoyib edi. Kelgusi mavsumda biz yuqori jamoaga ega bo‘lishimiz uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz.

Bu mavsum o‘zgacha bo‘lganini bilamiz. Va Yevropa Ligasi finalida mag‘lubiyat buning bir qismidir. Asosiysi, oyoqqa turish. Germaniya kubogi finalida biz keyingi qadamni tashladik, xarakter ko‘rsatdik va shunday dedik: "Hoy, biz o‘yinda yutqazishimiz mumkin, lekin biz yana ko‘tarilamiz".

Kelgusi yil ham xuddi shunday qilamiz. Biz mag‘lub bo‘ladigan o‘yin bo‘ladi. Ehtimol, 51 o‘yindan iborat g‘alabali yoki mag‘lubiyatsiz seriyamiz bo‘lmaydi. Ammo biz hujum qilishni xohlaymiz. Biz chempionlikni himoya qilish uchun keldik. Kelgusi yil ham buni takrorlash uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz", - dedi Jaka.

Kiritildi: 16:08, 27.05.2024.
O'qildi: 572 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.