Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo 1-2 Elche
26/04 21:00 Torino 2-2 Inter
26/04 21:30 Osasuna 2-1 Sevilya
26/04 23:45 Milan 0-0 Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al - Buxoro
27/04 19:00 OKMK - Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf

Saudiya Pro Ligasi. Ronaldu dublga erishgan o‘yinda «An-Nasr» «Al-Ittihod» ustidan ishonchli hisobda g‘alaba qozondi (videosharh)

Saudiya Pro Ligasi. Ronaldu dublga erishgan o‘yinda «An-Nasr» «Al-Ittihod» ustidan ishonchli hisobda g‘alaba qozondi (videosharh)

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistoni chempionatining 34-turidan o‘rin olgan o‘yinda «An-Nasr» 27 may, dushanba kuni “Al-Ittihod”ga qarshi bahs olib bordi.

Birinchi bo‘lim oxirida Krishtianu Ronaldu hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda ham Ar-Riyod jamoasi hujumkorlikni to‘xtatmadi. 69-daqiqaga kelib, Ronaldu dublni rasmiylashtirdi.

Uchrashuvning 66-daqiqasida “Al-Ittihod» futbolchisi Al-Menaliy qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Qolgan daqiqada jamoa bir kishi kam bo‘lib o‘ynashiga to‘g‘ri keldi.79-daqiqada G‘arib penaltidan unumli foydalanib, hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

88-daqiqada Ash-SHamroniy javob golini urishga muvaffaq bo‘ldi. 90+2-daqiqasida Fabinyo hisobni qisqartirdi. 90+5-daqiqada «An-Nasr» futbolchisi Al-Nemer penaltini aniq amalga oshirdi.

O‘yinda 4:2 hisobi qayd etildi va «An-Nasr» ishonchli hisobdagi g‘alabaga erishdi. SHU tariqa, Ronaldu jamoasi mavsumni 82 ochko bilan 2-pog‘onada yakunladi. Mavsumda biror marta mag‘lub bo‘lmagan «Al-Hilol» esa 96 ochko bilan chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Krishtianu Ronaldu 35 ta gol bilan Saudiya chempionatining to‘purariga aylandi.

Saudiya Pro Ligasi, 34-tur bahsi
27 may, dushanba
«An-Nasr» — «Al-Ittihod» 4:2
Gollar: 1:0 – 45+3 Ronaldu, 2:0 – 69 Ronaldu, 3:0 – 79 G‘arib (penalti), 3:1 – 88 Ash-SHamroniy, 3:2 – 90+2 Fabinyo, 4:2 – 90+5 An-Nemer.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 05:07, 28.05.2024.
O'qildi: 2339 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик