“Yuventus” hamon “Krasnodar” yarim himoyachisi Eduard Spersyanning transferiga qiziqish bildirmoqda. Armenia Football xabariga ko‘ra, qishda turinliklar transfer bo‘yicha Rossiya klubi bilan aloqaga chiqqan, ammo keyin tomonlar kelishuvga erisha olmagan. Transfer yozda amalga oshishi ehtimoli bor.
23 yoshli Spersyan joriy mavsum “Krasnodar” safida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
U "Krasnodar" tarbiyalanuvchisi va Armaniston terma jamoasida o‘ynaydi.