Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Girassi "Bavariya" rasmiylariga shart qo‘ydi

Girassi "Bavariya" rasmiylariga shart qo‘ydi

Baho:
+ | -

Myunxenning «Bavariya» klubi «Shtutgart» hujumchisi Seru Girassiga qiziqishda davom etmoqda, u Bundesligada Xarri Keyndan keyin ikkinchi eng yaxshi to‘purarga aylangan.

Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli gvineyalik futbolchi Germaniya chempionatining 28 uchrashuvida 28 ta gol urgan.

Jurnalist Florian Plettenberg bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Girassi bilan bog‘liq vaziyat yangi bosh murabbiy Vensan Kompani qanday tizim bilan ishlamoqchi ekanligiga bog‘liq.

Belgiyalik mutaxassis ikkita hujumchini maydonga tushirishga tayyor bo‘lsa, Seru transferga tayyor bo‘ladi.

Aks holda, Girassi myunxenliklar taklifini rad etadi, chunki u zaxirada o‘tirishni istamaydi. Girassiga Angliya premyer-ligasi klublari ham qiziqish bildirayotgani avvalroq xabar qilingandi. Seruning shartnomasida tovon puli taxminan 25 million yevroni tashkil qiladi.

Kiritildi: 17:50, 28.05.2024.
O'qildi: 1215 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик