Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya 0-4 Yaponiya

Maksim Shaskix: "Avvalgi "Paxtakor"ni unuting"

Maksim Shaskix: "Avvalgi "Paxtakor"ni unuting"

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Superkubogi-2024 uchun kechgan bahsda "Nasaf"ga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lgan "Paxtakor" klubi bosh murabbiyi Maksim Shaskix o‘yin haqida o‘z fikrini bildirdi.

"Kecha aytganimdek, bugun muxlislarga shou tashkil qilib berdik. O‘yindan oldin aytgan gapimning uddasidan chiqdik. Muxlislarga yoqadigan o‘yin qilib berdik. Afsus, xatolarimiz evaziga mag‘lub bo‘ldik. Kerak bo‘lmagan joyda futbolchimiz to‘pni oldirdi va yana gol o‘tkazib yubordik. Penaltilar seriyasi esa, albatta lotereya. Buning uchun futbolchilarni koyimayman. Borlarini berib o‘ynashdi va bugun ko‘rganingizdek yomon o‘ynamadik.

"Nasaf" birdaniga to‘rt nafar futbolchini almashtirayapti. Afsuski, menda bunday imkoniyat yo‘q. Birgina futbolchini maydonga tushirdik. Uni ham futbolchimiz jarohat olib maydonga yiqilgach majburan almashtirdik. Zaxirada o‘yinni kuchaytira oladigan o‘yinchining o‘zi yo‘q. 19-20 yoshli futbolchilar bilan o‘ynayapmiz. Shunday bo‘lsada, bugun ularning o‘yini menga manzur bo‘ldi. O‘zlarining shijoatlarini va mahoratlarini ko‘rsatishdi.

Albatta, yozda jamoaga yangi futbolchilarni olib kelmasak bo‘lmaydi. Tarkibni kuchaytirishimiz kerak. Hozir tarkibda 11-12 nafar futbolchi bor. Qolgan yoshlar hozir bizga yordam beradigan darajada emas. Rotasiya qilmasak bo‘lmaydi. Sentyabrdagi xalqaro o‘yinlar oldidan albatta, tarkibga yangi futbolchilarni qo‘shamiz.

Mavsum avvalida rahbariyat bilan gaplashdik. Yoshlarga ko‘proq e’tibor qaratiladigan yangi jamoa tuzadigan bo‘ldik. Avvalgi "Paxtakor"ni unuting. Bu butunlay yangi modeldagi jamoa. Rahbariyat bilan shunga kelishdik. Shunday bo‘lsada, jamoa kurashayapti, oldinga intilayapti. Kuchli raqiblarga qarshi tengma-teng o‘ynayapti.

Xoldorxonov o‘ziga bo‘lgan talablarni biroz tushirib yuborgani uchun jamoaning yoshlar tarkibiga tushirib yuborildi. Uning qaydnomaga kiritilmaganining sababi shu.

Penaltilar seriyasida zarba beradigan futbolchilarni men tanlamadim. O‘zlari tanlashdi. Kim tepishga tayyor bo‘lsa tepadi. O‘ziga ishongan futbolchi tepsin. Buni o‘zlari o‘zaro kelishib hal qilishsa yaxshiroq. Bunga aralashmadim", - dedi Shaskix.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 07:11, 30.05.2024.
O'qildi: 4194 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.